AQSh harbiy samolyoti Iroq g‘arbida yerga qulab tushdi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining KC - 135 rusumidagi harbiy samolyoti Iroq g‘arbida yerga qulab tushdi.
AQSh harbiylari xabariga ko‘ra Amerikaning KC - 135 samolyoti Iroq g‘arbida qulab tushdi; voqeada ishtirok etgan ikkinchi samolyot esa xavfsiz tarzda yerga qo‘ndi.
Yaqin Sharqdagi Amerika Qurolli kuchlaridan mas’ul bo‘lgan AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) mavzu haqida bergan bayonotida: «Samolyotlardan biri Iroq g‘arbida qulab tushdi, ikkinchisi esa xavfsiz tarzda yerga qo‘ndi. Bu voqea, dushman yoki do‘st o‘qidan kelib chiqmadi», - dedi.
KC - 135 Quvayt samolarida do‘st o‘qi bilan qulatilgan uchta F - 15dan keyin Eronga qarshi uyushtirilgan urush davomida yo‘qotilgan kamida to‘rtinchi AQSh harbiy samolyoti hisoblanadi.
AQSh Harbiy - havo kuchlariga ko‘ra 60 yildan ortiq vaqtdan beri ishlatilayotgan KC - 135 samolyotlari umuman olganda uchuvchi, yordamchi uchuvchi va boshqa samolyotlarga yo‘qilg‘i to‘ldirib berish jihozidan mas’ul uchunchi kishidan iborat ya’ni uchu kishilik ekipajga mosdir.
Ammo Harbiy - havo kuchlari ma’lumotiga ko‘ra ayrim KC - 135 missiyalari safar vaqtida yo‘lni nazorat qilish ofitserini talab qiladi va samolyot 37 nafar yo‘lovchini tashiy oladi.
Joriy yilning 28 - fevrali kuni boshlangan urush boshlarida Quvayt Qurolli kuchlari adashib, Amerikaning F - 15E jangovar samolyotini urib tushirdi ammo CENTCOM ma’lumotiga ko‘ra nomi tilga olingan samolyotlardagi olti nafar ekipaj a’zosining hammasi favqulodda uchish stuli yordamida samolyotdan chiqib ketishga muvaffaq bo‘ldi.
CENTCOM o‘sha paytda, bu voqea Eron samolyotlari, ballistik raketalar va insonsiz havo transporti hujumlari ham doxil urush vaqtida yuz berganini ma’lum qilgan edi.