Suvaydada uyushtirilgan hujumda to‘rt kishi halok bo‘ldi
Suriya janubidagi Suvayda viloyatining qishloq hududida qurolli hujum uyushtirildi va oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi.
Shanba kuni (07.02.2026) Suriya janubidagi Suvayda viloyatining qishloq hududida qurolli hujum uyushtirildi va oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Rasmiylar, hodisa bilan bog‘liq bir shubhali shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qilib, aholini vazminlikka va keskinlikni kuchaytirmaslikka chaqirdi.
Suriya Ichki Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida Telegram orqali berilgan bayonotga ko‘ra Suvayda ichki xavfsizlik qo‘mondoni Hussam al - Tahhan Suvayda qishlog‘idagi al - Matunah hududida fojiali voqea yuz bergani, oqibatida hudud aholisidan besh kishiga qarshi dahshatli jinoyat sodir etilgani, ulardan to‘rt nafari halok bo‘lgani, beshinchi kishi esa og‘ir yaralanganini ma’lum qildi.
Dastlabki tergov ishlari va qurolli hujumdan omon qolganlardan biri bilan hamkorlik qilinishi natijasida shubhali shaxslardan biri, hududdagi ichki xavfsizlik boshqarmasi xodimi ekani aniqlangan.
Al - Tahhan, shaxs darhol hibsga olingani va huquqiy jarayonlar yakunlanishi uchun tergovga topshirilganini ifoda etgan holda: «Fuqarolarga nisbatan qo‘l urilgan hech qanday huquqbuzarlik aslo qabul qilinmaydi va aholi xavfsizligiga tahdid soladigan har qanday xatti - harakat ham ko‘rmaslikka olinmaydi», - dedi.
Suvaydadagi keskinliklar
Suriyalik rasmiylardan biri viloyat aholisini xotirjam bo‘lishga, sabrli bo‘lishga va ko‘rilayotgan choralariga ishonishga chaqirib: «Adolat, bunday fojiali hodisa takrorlanmasligi va qaysi guruhga mansub bo‘lishidan qat’i nazar aybdorlar qilgan ishiga javob berishi uchun zarur choralarni ko‘radi», - dedi.
Druzlar fraksiyasi va badaviy qabilalar o‘rtasida kelib chiqqan halokatli to‘qnashuvlar ortidan yuzlab inson halok bo‘lgan va tan jarohati olgan Suvayda, iyul oyidan beri o‘t ochishni to‘xtatish rejimi ostida.
Otashkesim yoki sulh, al - Hijriy bilan bog‘liq guruhlar tomonidan harbiy pozitsiyalarni ko‘zlagan hujumlar ham doxil bir necha bor buzildi; hukumat esa kelishuvga sodiq qolgani, fuqarolarni evakuatsiya qilishni yengillashtirgani va gumanitar yordam olib kirilishiga ruxsat berganini bildirdi.