Erdoʻgʻan Eron bilan Livanda maktab va shifoxonalarni nishonga olgan hujumlarni qoraladi

Prezident Erdoʻgʻan, Eron bilan Livanda maktab va shifoxonalarni nishonga olayotgan qonxor hujumchilarni keskin qoraladi.

By
_

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an shanba kuni (14.03.2026) bergan bayonotida, Eron va Livan maktablari hamda shifoxonalarini nishonga olayotgan qonxoʻr tarmoqni keskin qoralab, bu holat, G‘azodagi vayronagarchilikni yodga solayotganiga e’tibor qaratdi.

Istanbulda uyushtirilgan iftor tadbirida nutq so‘zlagan Erdo‘g‘an, mintaqada zo‘ravonlik yoyilar ekan, harbiy bo‘lmagan infratuzilmalar nishonga olinaverishini qayd etdi.

Erdo‘g‘an: «G‘azoda bo‘lganidek Eron va Livanda ham maktablar va shifoxonalarni nishonga olayotgan bir qonxoʻr tarmoq faoliyatini davom ettirmoqda», - dedi.

Prezident, mintaqadagi keskinlik avj olgan bir paytda Turkiya urushni to‘xtatishni va uning uchun diplomatik yechimlarni talab qilayotgan davlatlar qatorida ekanini ta'kidladi.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an: «Aqlbovar qilmaydigan bu muhitda Turkiya muammoni hal qilish yo‘lida aql, muloqot va diplomatiyani himoya qilgan yetakchi davlatlar qatoridan o‘rin olmoqda», - dedi.

Yaqin Sharq inqirozi Isroil bilan AQShning 28 - fevral kuni Eronga qarshi birgalikda hujum uyushtira boshlashi bilan keskin tus oldi.

Unda, 1 ming 200 nafardan ortiq inson halok bo‘ldi. Qurbonlar orasida 150 nafardan ortiq qiz o‘quvchi bilan mamlakatning sobiq diniy lideri Ali Hamaney ham bor edi. Halok bo‘lganlardan tashqari 10 ming nafardan ortiq inson jarohat oldi.

Tehron AQSh bilan Isroil hujumlariga qattiq javob qaytardi. Shu doirada Isroil, Iordaniya, Iroq va AQSh harbiy salohiyatiga ega Fors koʻrfazi mamlakatlarini nishonga oldi. Voqea boshlaganidan beri sakkiz nafar AQSh askari halok boʻldi.