Eron AQShni ogohlantirdi
Vashington Tehronga qarshi harbiy hujum uyushtirgudek bo‘lsa, unda, Eron javob qaytarishdan chekinmasligini ta'kidladi.
Eron parlamentining spikeri Muhammad - Bagir Galibafning qayd etishicha Vashington Tehronga qarshi harbiy hujum uyushtirgudek bo‘lsa, unda, Isroil bilan AQShning harbiy va dengiz transporti markazlari qonuniy nishonga aylanadi.
Bugun (11.01.2026) parlament sessiyasida nutq so‘zlagan Bagir Galibaf, AQSh Prezidenti Donald Trampga murojaat qilib mavzu haqida: “Biz qonuniy mudofaa doirasida faqatgina bir harakatga javob berish bilan cheklanib qolmaymiz. Agar AQSh harbiy hujum uyushtirgudek bo‘lsa, unda, bosib olingan hududlar (Isroil) ham da AQShning harbiy va dengiz transporti markazlari biz uchun qonuniy nishonga aylanadi”, - dedi.
U shuningdek Eron hozirgi kunda va hatto bir vaqtning o‘zida iqtisodiy, kognitiv, harbiy va terrorchilik kabi to‘rtta yo‘nalishda Isroil va AQSh bilan zid ekanini ifoda etdi.
Eronda 28 - dekabr kuni boshlagan norozilik namoyishlari mamlakatning to‘rt burchagida keng tus olgan bir paytda Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Donald Tramp, eronliklar erkinlik tomon intilayotganini ta’kidlab; Vashington sifatida yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirgan edi.