Turkiyaning «Hurjet» samolyoti bu yilgi TEKNOFEST da ko‘z qamashtirmoqda
Turkiyaning «Hurjet» samolyoti bu yilgi TEKNOFEST da ko‘z qamashtirmoqda
Turkiyaning mudofaa sanoati oxirgi yigirma yil ichida katta muvaffaqiyatni qo‘lga kiritdi va chet elga bo‘lgan 80 foizlik qaramliligini 20 foizga tushirdi.
18 сентябр 2025

Dunyoning eng yirik aerokosmik va texnologiya festivali TEKNOFEST, chorshanba kuni Istanbulda boshlandi. Bu tadbir minglab ishtirokchilarni zamonaviy texnologiyalarni, jumladan, qiruvchi samolyotlari va insonsiz havo transportini namoyish qilmoqda.

Xususan, mudofaa sanoati kompaniyalarining standlari ilg‘or turk qurollari va aerokosmik texnologiyalarini ko‘rish uchun navbat kutgan maktab o‘quvchilaridan tortib barcha ishtirokchilar e’tiborini o‘ziga jalb qildi.

TEKNOFESTda namoyish etilgan va Turkiyada ishlab chiqarilgan samolyotlar bilan vertolyotlarga bo‘lgan katta qiziqish mamlakat mudofaa sanoatining so‘nggi yillarda tez sur’atlarda rivojlanayotganini ko‘rsatadi. Masalan 2024 - yili mudofaa bilan bog‘liq eksport hajmi 7,15 milliard dollarni tashkil etar ekan, 2023 - yilga nisbatan 29 foizga o‘sish qayd etdi. Turk mudofaa kompaniyalari hozirda insonsiz havo transporti va zirhli texnikalarni dunyoning 180 ta mamlakatiga sotmoqda.

Shu doirada Ispaniya Turk aerokosmik sanoati (TUSAŞ) tomonidan dizayn qilingan va ishlab chiqarilgan bitta dvigatelli supersonik «Hurjet» (Hürjet) samolyotidan 30 dona sotib olishni rejalashtirmoqda.

TUSAŞ vakillaridan biri TEKNOFEST paytida bergan bayonotida, «Hurjet oltinchi avlod samolyot uchuvchilarini tayyorlash uchun juda foydali bo‘lgan zamonaviy samolyotdir», - dedi.

Hozirda dizayn bosqichda bo‘lgan oltinchi avlod samolyotlari 2030 - yillarda foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. Ular sun’iy intellektdan keng foydalanish tufayli mavjud qiruvchi samolyotlardan ancha ustun bo‘ladi.

TUSAŞ vakili mavzu haqida shuningdek: «Ko‘plab mamlakat yangi avlod uchuvchilarini tayyorlash uchun Hurjet xarid qilib olishga tayyorlanmoqda», - dedi.

Turkiya mudofaa sanoati so‘nggi yigirma yil ichida katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Chet elga qaramlik darajasi 80 foizdan 20 foizga tushdi.

Hurjet, «erkin samolyot» degan ma’noni anglatadi va tejamkorlik va zamonaviy avionikani birlashtiradi. TUSAŞ vakiliga ko‘ra Boeing - Saab T - 7 Red Hawk va Janubiy Koreyaning KAI T - 50 kabi G‘arbiy o‘quv samolyotlariga jiddiy raqobatchi sifatida o‘rtaga chiqmoqda.

Xabar berilishicha, «Hurjet», AQSh dengiz floti uchun taklif qilingan. Ular 2028 - yilgacha eskirgan T - 45 Goshawk samolyotlarini almashtirish uchun 145 ta yangi o‘quv samolyotini sotib olishni rejalashtirmoqda.

«Hurjet» 2023 - yili ilk parvozini amalga oshirdi va hozirda takomillashtirilmoqda. Samolyot faqat o‘quv samolyoti bo‘lib qolmay, balki yaqin havo yordami, havo patruli va hatto asimmetrik mojarolarda cheklangan ravishda zarba bera olish vazifalarini bajarishga qodir ko‘p funksiyali platformaga aylanmoqda.

«Dvigatelidan tashqari butunlay mahalliy mahsulotdir. Butunlay o‘zimiz dizayn qildik. Umid qilamizki kelajakda dvigatel ham mahalliy bo‘ladi», - deyd, TUSAŞ vakili.

TUSAŞ hozirda ikki turdagi vertolyotlarni eksport qilmoqda. T129 ATAK, bu Italiyaning A129 Mangusta modelining litsenziyalangan varianti bo‘lib, Turkiya avionikasi va qurollari bilan sezilarli darajada modernizatsiya qilingan hujum va razvedka vertolyotidir.

Ikkinchisi esa T625 Go‘kbey bo‘lib, bu ko‘p funksiyali foydali vertolyotdir. U murakkab iqlim va baland tog‘li hududlarda, kunu tun ishlash uchun mo‘ljallangan.

Turkiya 2022 - 2024 - yillar oralig‘ida Filippinga T129 ATAK vertolyotlaridan oltita eksport qildi. Bu vertolyotlar Filippin havo kuchlari tomonidan isyonchilarga qarshi uyushtirilgan amaliyotlarda qo‘llanilmoqda.

Nigeriya ham Boko Haramga qarshi uyushtirilgan amaliyotlarda foydalanish uchun ushbu vertolyotlardan oltitasini sotib oldi.

 

Boxabar bo'ling!
O‘mer Bo‘lat: Turkiya – Suriya tranzit yo‘lagi kelasi yili ochiladi
Yevropa Ittifoqi 2028-yilgacha Rossiyadan gaz importini to‘xtatish rejasi bo'yicha kelishib oldi
Germaniya yana 15 ta F - 35 xarid qilib olmoqchi
Oltin narxi yangi tarixiy rekordni qayd etdi
Eron Xalqaro atom energiyasi agentligi bilan hamkorlikni toʻxtatishini bildirdi
Saudiya Arabistoni Yamanning iqtisodiy inqirozini yengillashtirmoqchi
Xitoy Rossiyaning Gazprom kompaniyasiga AAA reytingini berdi
Turkiya «Altay» tankini seriyaviy ishlab chiqarish ishlarini boshlamoqda
Turkiya Zangazur yo‘lagiga ulab strategik temir yo‘li qurish ishlariga kirishdi
Turkiyada elektr transport vositalari  soni bir yil ichida ikki barobardan ko‘proqqa oshdi
Mask: xAI Apple kompaniyasini ilovalarga nisbatan adolatsiz munosabatda bo'lgani uchun sudga beradi
Germaniya Isroilga nisbatan yo‘lga qo‘ygan harbiy eksportini to‘xtatdi
Isroil Gʻazoga xususiy sektor tovarlari olib kirilishiga yordam berishini iddao etmoqda
Turkiya Ozarbayjondan Suriyaga tabiiy gaz yetkazib berish ishlarini boshlaydi
Hindiston AQShga smartfon eksport qilish bo‘yicha yetakchi davlatga aylandi
Yevropa Ittifoqi va AQSh o'rtasidagi savdo kelishuvi vaqtinchalik barqarorlik keltiradi
Turkiya IDEF -2025 ko‘rgazmasida GAZAP va NEB - 2 bombasini namoyish etdi
Suriya bilan Saudiya Arabistoni oʻrtasida investitsiya forumi oʻz ishini boshladi
Turkiya IDEF - 2025 doirasida Malayziya bilan taktik avtomobil shartnomasi imzolaydi
Xitoy eksporti AQSh bilan tuzilgan kelishuvdan so'ng, yuqori ko'rsatgichga erishdi