Quvaytda F - 15 qiruvchi samolyoti qulagani aytilmoqda

Quvaytdagi AQSh Harbiy - havo bazasi yaqinida F - 15 qiruvchi samolyoti qulagani aytilmoqda.

By
_

Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan tasvirlarda Quvaytda AQShga tegishli ekani taxmin qilinayotgan F - 15 qiruvchi samolyoti qulagani kuzatildi ammo masala yuzasidan rasmiylar tomonidan hech qanday ma’lumot berilmadi yoki tasdiqlanmadi.

Yakshanba kuni (01.03.2026) ijtimoiy tarmoqlarda keng ulashilgan kadrlar AQShga tegishli ekani taxmin qilingan F - 15 qiruvchi samolyoti qulaganidan dalolat bermoqda. Voqeada samolyot «do‘st o‘qi» orqali urib tushirilgani va uchuvchining tirik qolganiga oid iddaolar ilgari surilmoqda.

Tasvirlarda parashyut bilan tushgani aytilayotgan uchuvchining harbiy bo‘lmagan avtomobil bilan olib ketilayotgani aks etgan lavhalar ham mavjud.

Voqea yuzasidan rasmiylardan hozircha hech qanday bayonot berilmadi.