Turkiya G‘azodagi genotsid sababli Netanyahu va 36 shaxsga nisbatan hibs buyrug‘i chiqardi

Netanyahu boshchiligidagi Isroil hukumati 2023-yil oktabrdan buyon G‘azoda amalga oshirilgan genotsid davomida, aksariyati ayollar va bolalar bo‘lgan taxminan 69 ming kishini o‘ldirgan, yana 170 mingdan ortiq kishini yaralagan.

By
Israeli Prime Minister Benjamin Netanyahu participates in the state memorial [FILE].

Turkiya, G‘azodagi Falastin hududida sodir etilgan “genotsid” jinoyatlari sababli Netanyahu va yana 36 nafar gumonlanuvchiga nisbatan hibsga olish buyrug‘i chiqardi.

Istanbul Bosh prokuraturasi juma kuni bergan bayonotida, G‘azoda sodir etilgan “genotsid” jinoyatlari doirasida Netanyahu hamda 37 nafar gumonlanuvchiga qarshi tergov yakunida hibsga olish qarori chiqarilganini ma’lum qildi.

Bayonotda ta’kidlanishicha, Isroilning G‘azodagi tinch aholiga qarshi “tizimli” hujumlari keng qamrovli tergov natijasida genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlar sifatida baholangan.

Tergov, Isroil dengiz kuchlarining G‘azoga insonparvarlik yordamini yetkazishga urinayotgan Global Sumud Flotini to‘sib qo‘yganidan so‘ng, jabrlanuvchilar va ularning vakillari tomonidan berilgan shikoyatlar asosida boshlangan.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanuvchilar, guvohlar va xalqaro huquq me’yorlariga asoslangan dalillar Isroilning harbiy va siyosiy rahbarlari kasalxonalar, yordam karvonlari va fuqarolik infratuzilmasiga qarshi hujumlarni bevosita buyurganini va amalga oshirganini ko‘rsatgan.

Tergov hujjatlarida 6 yoshli Hind Rajabning o‘ldirilishi, 500 dan ortiq odam halok bo‘lgan Al-Ahli Arab kasalxonasining bombalanishi va Turk-Falastin Do‘stlik Kasalxonasiga qilingan hujum misol tariqasida keltirilgan.

Shuningdek, Isroilning G‘azoga nisbatan qo‘llayotgan blokadasi insonparvarlik yordamini ataylab to‘sayotganini, bu esa xalqaro huquqqa ko‘ra qo‘shimcha urush jinoyati hisoblanishini bildirilgan.

Genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlarda gumon qilinayotganlar orasida — Netanyahu, Mudofaa vaziri İsrael Katz, Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir, Bosh shtab rahbari Herzi Halevi hamda Dengiz kuchlari qo‘mondoni David Saar Salama kabi yuqori lavozimli shaxslar bor.

Gumonlanuvchilar hozirda Turkiyada bo‘lmaganlari uchun, prokuratura suddan bu shaxslarga nisbatan xalqaro hibsga olish buyrug‘i (qizil byulleten) chiqarilishini so‘radi.

Tergov Istanbul politsiyasi va Milliy razvedka tashkiloti (MİT) bilan hamkorlikda olib borilmoqda va davom etmoqda.

Bayonotda, Turkiyaning bu huquqiy qadami xalqaro gumanitar huquq va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Dengiz huquqi to‘g‘risidagi konvensiyasi asosida amalga oshirilayotgani, shuningdek, G‘azodagi jabrlanuvchilar uchun adolatni ta’minlash va urush jinoyatchilaridan hisob so‘rash borasidagi qat’iy pozitsiyasini tasdiqlashi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro jinoiy sud o‘tgan yilning noyabr oyida Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantga nisbatan G‘azodagi urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar sababli hibsga olish buyrug‘i chiqargan edi.

Bundan tashqari, Isroil hozirda Falastin hududlariga nisbatan olib borayotgan urushi uchun Xalqaro adliya sudida genotsid bo‘yicha sud jarayoniga duch kelgan.