Prezident Erdo‘g‘an bilan Nachirvon Barzoniy mintaqadagi oxirgi vaziyatni muhokama qildi
Prezident Erdo‘g‘an bilan Nachirvon Barzoniy telefon orqali muloqat qilar ekan unda mintaqadagi oxirgi vaziyatni muhokama qildilar.
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Iroqdagi kurd mintaqasi yetakchiligi (IKBY) rahbari Nachirvon Barzoniy bilan telefon orqali muloqot qilib, hududdagi oxirgi vaziyatni muhokama qildi.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan Turkiyaning ijtimoiy tarmog‘i NSosyal orqali berilgan bayonotga ko‘ra Erdo‘g‘an mazkur muloqot chog‘ida, Turkiya, mintaqani uzoq muddatli falokatga olib borish ehtimoli bo‘lgan tashabbuslarga qarshi chora ko‘rish harakatlarini davom ettirishi va terror tashkilotlari bilan ularga aloqador guruhlarning so‘nggi paytdagi harakatlarini yaqindan kuzatishini bildirdi.
Erdo‘g‘an: «Turkiya ushbu muhim jarayonda Iraqning yonidadir», - dedi.
Prezident Erdo‘g‘an shuningdek, Turkiya mintaqaviy mojarolarni to‘xtatish va muzokara jarayoniga qaytilishi uchun faol ravishda ishlayotganini ta’kidladi.
Erdo‘g‘an bilan Barzoniy suhbat davomida «Terrorsiz Turkiya» tashabbusining ahamiyatiga ham e’tibor qaratdilar.
Prezident Erdo‘g‘an avvalroq Istanbulda bo‘lib o‘tgan Turk Davlatlari Tashkilotining norasmiy yig‘ilishi doirasida Turk davlatlari tashqi ishlar vazirlarini qabul qilgan edi.