Prezident farmoni bilan adliya va ichki ishlar vaziri o‘zgardi

Prezident Erdo‘g‘an imzosi bilan Rasmiy gazetada e’lon qilingan farmonga ko‘ra adliya va ichki ishlar vaziri o‘zgardi.

By
_

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an imzosi bilan Rasmiy gazetada e’lon qilingan farmonga ko‘ra Turkiya Respublikasida yangi adliya va ichki ishlar vaziri tayinlandi.

Shunga ko‘ra Istanbul Respublika Bosh prokurori Akin Gurlek, Yilmaz Tunch o‘rniga Adliya vaziri; Erzurum viloyati hokimi Mustafa Chiftchi esa Ali Yerlikaya o‘rniga Ichki Ishlar vaziri etib tayinlandi.

Tayinlovlar Turkiya Respublikasi Konstitutsiyasining 104 va 106 - moddalariga muvofiq amalga oshirildi.

Bayonotlar ortidan Ali Yerlikaya Ichki Ishlar vazirligi lavozimini Mustafa Chiftchiga topshirganini tasdiqlab, unga yangi vazifasida muvaffaqiyatlar tiladi.

Yerlikaya ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan bayonotida 2023 - yilning 4 - iyunidan buyon Prezident Erdo‘g‘an tasdig‘i bilan Ichki Ishlar vaziri sifatida faoliyat yuritganini bildirib, bu davrda ko‘rsatgan qo‘llab - quvvatlovi uchun Prezidentga chuqur minnatdorlik izhor etdi.

Shuningdek, Ichki Ishlar vazirligi xodimlariga jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashdagi xizmatlari uchun rahmat aytib, so‘zlarini vorisiga ezgu tilaklar bildirib yakunladi.

Akin Gurlekning Adliya vaziri etib tayinlanishi ortidan Yilmaz Tunch ham vidolashuv xabari e’lon qildi.

Tunch Prezident Erdo‘g‘an bilan birga ishlash va hukmron partiyaning siyosiy yo‘liga hissa qo‘shishdan faxrlangani, 2023 - yilning iyun oyida Adliya vaziri etib tayinlanish orqali katta mas’uliyat o‘lganini bildirdi.

U so‘nggi 23 yil davomida Erdo‘g‘an rahbarligida demokratiya va qonun ustuvorligini mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilgan islohotlarga e’tibor qaratib, kelajakda ham mamlakat uchun ishlashda davom etishini bildirdi. So‘zlari yakunida Gurlekni tabriklab, yangi vazifasida muvaffaqiyatlar tiladi.

Tayinlovlar Rasmiy gazetada e’lon qilinishi bilan kuchga kirdi.