Erdoʻgʻan yangi shakllanayotgan jahon tartibida Turkiyaning o‘rniga e’tibor qaratdi
Prezident Erdoʻgʻan bugun Turk Tadbirkor va ishbilarmonlar konfederatsiyasining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida nutq so‘zladi va unda yangi shakllanayotgan jahon tartibida Turkiyaning o‘rniga alohida e’tibor qaratdi.
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Turkiya yangi shakllanayotgan jahon tartibida markaziy qutblardan biriga aylanishini qayd etdi.
Bugun (22.01.2026) Turk Tadbirkor va ishbilarmonlar konfederatsiyasining navbatdan tashqari yettinchi umumiy yigʻilishida nutq so‘zlagan Erdo‘g‘an: “Suriyada boʻlganidek fidoyiligimiz va sa’y - harakatlarimiz, tarix va vijdon oldida toʻgʻri tomonda turganimizning mukofotini oladigan yangi davrga kiryapmiz. Dunyo asta - sekin yillar davomida biz ilgari surib kelgan ko‘z qarashlarga yaqinlashib bormoqda. Global siyosatga nisbatan bildirgan tanqidlarimiz qanchalik to‘g‘ri ekani bugungi kunda yaqqol namoyon bo‘lmoqda”, — dedi.
Erdoʻgʻan Turkiyaning yoʻli va taqdiri porloq ekani, yangi eshiklar ochilishi, yangi imkoniyatlar tugʻilishi va kutilganidan ham ortiq imkoniyatlar paydo boʻlishini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Prezidenti shuningdek: “Dostonlarimiz yoddan oʻqiladigan, yutuqlarimiz doʻst - dushman tomonidan muhokama qilinadigan, oxir - oqibat buyuk va qudratli Turkiya yuzaga chiqadigan butunlay yangi bir safardamiz”, — degan ifodalarga o‘rin berdi.
U tadbirkorlar va ishbilarmonlarga yillar davomida Turkiyaning inqirozga, betartiblikka, beqarorlikka va iqtisodiy qiyinchiliklarga botishini kutib kelgan iqtisodchilarni e’tiborsiz qoldirishni tavsiya etdi.
Eng muhimi: “Iqtisodiy fitnachilar tomonidan tahmin deyilgan baxona bilan bozorga chiqarayotgan qorongʻu ssenariylarga ishonmaymiz”, — deyildi.
Grenlandiya bilan o‘rtamchilik qilish roli
Shu bilan birga AQShning tashqi siyosat boʻyicha mutaxassislaridan biri Grenlandiya masalasidagi keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda Turkiya AQSh bilan Yevropa oʻrtasida o‘rtamchilik rolini oʻynashi mumkinligini ifoda etdi.
Brukings instituti Tashqi siyosat dasturi doirasidagi Strobe Talbott xavfsizlik, strategiya va texnologiya markazi mutaxassisi Filipp Gordon chorshanba kuni (21.01.2026) Turkiyaning mavqei, transatlantik munosabatlar keskinlashgan pallalarda unga muhim kuch berganini ta’kidladi.
“Ayniqsa transatlantik munosabatlar zaiflashayotgan bir paytda — afsuski, ular zaiflashmoqda — Turkiyaning bu borada muhim o‘rni bor”, — dedi Gordon. U avvalroq AQSh sobiq vitse - prezidenti Kamala Harris davrida milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchi boʻlib ishlagan.
U, shuningdek, Turkiya allaqachon Ukraina bilan Rossiya oʻrtasida koʻprik vazifasini bajarayotgani; Vashington bilan yaxshi aloqalarni saqlashga intilayotgani va AQSh Prezidenti Donald Tramp tez - tez Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻan haqida ijobiy fikr bildirayotganini o‘z so‘ziga ilova etdi.