O‘to‘rbayev Turkiyaning diplomatik va madaniy kuchiga e'tibor qaratdi

Qirg‘izistonning sobiq Bosh vaziri Jo‘mart O‘to‘rbayev, Turkiyaning diplomatik va madaniy kuchiga e'tibor qaratdi.

_

Kecha (01.11.2025) Istanbulda uyushtirilgan 9 - TRT World Forum yakunida Qirg‘izistonning sobiq Bosh vaziri Jo‘mart O‘to‘rbayev Turkiyaning diplomatik va madaniy ta’sirining ortib borayotganini qayd etdi. U Turkiyani: «Yevropa qit’asidan Osiyo qit’asiga o‘tuvchi muhim ko‘prik» sifatida tasvirlab, mamlakatning yangi dunyo tartibini shakllantirishda o‘rni kuchayib borayotganini ta’kidladi.

Forumning oxirgi kunida TRT World bilan bo‘lgan suhbatida O‘to‘rbayev Turkiyaning Rossiya - Ukraina mojarosidagi o‘rtamchiligidan tortib, G‘azo inqirozidagi insonparvarlik yordamlarigacha bo‘lgan faol diplomatiyasi, mamlakatni mintaqaviy muvozanat unsuri va Global Janubning ishonchli ovoziga aylantirganini bildirdi.

«Turkiya o‘zining noyob geografik joylashuvi tufayli tobora kuchli mamlakatga aylanmoqda», - degan O‘to‘rbayev: «Yevropaga qo‘shni ammo lekin Osiyoga ochilgan darvoza sifatida xizmat qiladi. Bu noyob vaziyat Turkiya kuchiga - kuch qo‘shmoqda», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

O‘to‘rbayevning fikricha Turkiyaning global diplomatiyadan raqamli iqtisodiyotgacha bo‘lgan kuchi, bu yilgi TRT World Forumida muhokama qilingan «Global Reset» mavzusini aks ettirmoqda. O‘to‘rbayev: «Turkiyaning ovozi toboro nafaqat o‘rtamchi sifatida, balki mintaqalar, madaniyatlar va g‘oyalar o‘rtasidagi ko‘prik sifatida yana - da ko‘proq eshitilmoqda», - dedi.

Turk dunyosida yangi o‘sish davriga yetakchilik qilish

O‘to‘rbayev Anqaraning yaqindagina qabul qilgan va turk tilida so‘zlashuvchi davlatlarning fuqarolarining Turkiyada ishlashi to‘g‘risidagi ruxsatnomalarini soddalashtirish haqidagi qarorini qo‘llab - quvatladi. Uni: «Mamlakatlarimizni bir - biriga yana - da yaqinlashtirish, ular orasidagi ishonchni mustahkamlash va o‘zaro munosabatlar sifatini yaxshilash yo‘lida tashlangan muhim qadam», - deb baholadi.

O‘to‘rbayev: «Turkiya, Turk Davlatlari Tashkiloti doirasida do‘stlikni mustahkamlash, iqtisodiy aloqalarni yaxshilash va xalqlararo almashinuvni kuchaytirishda konstruktiv rol o‘ynamoqda», - dedi.

TRT World Forumning: «Markaziy Osiyoda madaniy diplomatiya va umumiy identitet: Mintaqaviy hamkorlik va bog‘lanish yo‘llari», - mavzusidagi sessiyasida ishtirok etgan O‘to‘rbayev turk davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning chuqur madaniy bog‘lanishlar bilan to‘ldirilishi kerakligini ta’kidladi.

Siyosatchi: «Iqtisodiy munosabatlarimiz rivojlanib borar ekan, biz bir - birimizni madaniy jihatdan ham tanishimiz kerak. Geografik jihatdan bir - birimizdan uzoqdamiz, bir -birimizga yetib borish oson emas ammo har bir davlatning sa’y - harakatlari natijasida yana - da yaqinlashmoqdamiz», - dedi.

U Turk Davlatlari Tashkiloti doirasida uyushtirilgan qo‘shma festivallar, ta’lim dasturlari va madaniy almashinuvlar kabi tashabbuslar mintaqaviy hamkorlik va barqarorlikni targ‘ib qilishda muhim rol o‘ynashini ifoda etdi. Shuningdek: «Madaniy almashinuvni institutsionallashtirish tez orada samarali natijalar beradi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Turkiyaning diplomatik faolligini qo‘llab - quvvatlar ekan, O‘to‘rbayev mamlakatning keyingi rivojlanish bosqichi ilm - fan, texnologiya va innovatsiyaga asoslanishi kerakligini o‘z so‘ziga ilova etdi.

U shuningdek: «Hozirgi dunyoda innovatsiya va raqamli iqtisodiyotda yetakchi bo‘lish, global miqyosda yetakchi bo‘lish uchun muhimdir. Turkiya aytmasak ham muhim rol o‘ynamoqda. Ko‘plab ta’lim muassasalari, ilmiy kashfiyotlar va yangi mahsulotlar shu yerda yaratilmoqda. Yaxshi demografiya va raqamli texnologiyalarga qiziqadigan yosh avlod kelajakda yana - da sezilarli natijalar beradi», - dedi.

Global reset va G - 2 diplomatiyasining qaytishi

O‘to‘rbayev «Global Reset: Eski tartibdan yangi haqiqatlarga» - deb nomlangan forumning asosiy mavzusi haqida fikr yuritar ekan, AQSh Prezidenti Donald Trampning bu resetni tezlashtirish va o‘zgarishlarni boshqarishda eng katta katalizator ekanini tan oldi.

«AQSh iqtisodiy, harbiy va yumshoq kuch jihatidan dunyodagi eng katta va eng kuchli davlatdir», - degan O‘to‘rbayev AQShda sodir bo‘layotgan voqealar, jumladan, uning ichki siyosati va tashqi siyosatiga hech kim e’tiborsiz qola olmasligini ifoda etdi.

O‘to‘rbayev Trampning «Amerikani takror rivojlantiramiz» degan shioriga qaramay ikkinchi muddatdagi global ishtiroki xalqaro munosabatlarni shakllantirayotganini qayd etdi.

«Umid qilamanki, uning faoliyati va g‘oyalari dunyoni butun insoniyat uchun adolatliroq joyga aylantirishda muhim rol o‘ynaydi», - degan Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri 6 -noyabr kuni besh Markaziy Osiyo yetakchisining Vashingtonda Prezident Tramp bilan C5+1 sammitida uchrashishini ma’lum qildi.

Otorbayev, shuningdek, Janubiy Koreyaning Busan shahrida bo‘lib o‘tgan Tramp va Si Szinpin uchrashuvining ahamiyatini ta’kidladi. Bu uchrashuv AQSh Prezidenti tomonidan «G - 2» sammiti deb ataldi — bu AQSh va Xitoyni global ishlar bo‘yicha ham yetakchi sifatida tasvirlaydi.

«G - 2 bizning sayyoramizdagi eng muhim muloqotdir», - degan sobiq qirg‘iz bosh vazir: «Iqtisodiy va yumshoq kuch jihatidan ikkita eng katta davlat, albatta muloqotga muhtojdir. Ko‘pincha ularning pozitsiyalari bir - biriga qarama - qarshi bo‘ladi lekin muloqot har doim tushunish va munosabatlarni yaqinlashtirish yo‘llarini olib keladi», - dedi va bunday muloqotsiz «xavfli rivojlanishlar» yuzaga kelishi mumkinligi borasida ogohlantirdi.

U Busan sammitini to‘g‘ri yo‘nalishdagi shaxdam qadam ekaniga e’tibor qaratar ekan, Vashington bilan Pekin ham uni samarali deb baholaganini qayd etdi. «Kelajakda sammitlar va agentliklar darajasidagi hamkorlik orqali muloqot davom ettirilishi kerak, shunda dunyomiz natijada kamroq taranglashadi», - dedi.

Global Janub davlatlari G - 2 hukmronlik qiladigan dunyoni qabul qilib - qilmasligi haqida berilgan savolga, O‘to‘rbayev, global boshqaruv nolga teng o‘yin sifatida ko‘rilmasligi kerakligini ta’kidladi.

O‘to‘rbayev: «Bu yoki shu deyolmaymiz. Ikkalasi ham bo‘lishi kerak», - der ekan «G - 2, G - 7, G - 20 shuningdek, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) va BRICS kabi boshqa formatlardagi muloqotga ehtiyojimiz bor. Dunyodagi muloqotlar qancha ko‘p bo‘lsa, biz uchun ana shuncha yaxshi va o‘zimizni xavfsizroq his qilamiz», - dedi.

Xitoy Prezidenti Si Szinpinning Global boshqaruv tashabbusini qo‘llab - quvvatlashini ifoda etgan O‘to‘rbayev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning «Dunyo beshdan buyukdir» tamoyiliga asoslangan BMTni isloh qilish to‘g‘risidagi chaqirig‘ini takrorladi.

«BMTga Ikkinchi Jahon urushi natijasi sifatida 1945 - yili asos solindi», - degan O‘to‘rbayev. «Ammo dunyo o‘zgardi. Xavfsizlik kengashi kengaytirilishi kerak. Global Janub davlatlari o‘z ovozini yana - da ko‘proq eshitishlari kerak; aks holda, BMT tuzilmasi biz istagandek natija bermaydi yoki samarali bo‘lmaydi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.