Eron Bushahr yadro elektr stansiyasiga qarshi hujum uyushtirilganini ma'lum qildi
Eron, AQSh va Isroil tomonidan Bushahr yadro elektr stansiyasiga qarshi hujum uyushtirilganini ma'lum qildi.
Eron Atom energiyasi tashkiloti Amerika Qo‘shma Shtatlari va Isroil tomonidan Bushahr yadro elektr stansiyasiga qarshi hujum uyushtirilgani va bir snaryad hech qanday ziyon yetkazmay obyekt ichiga tushganini ma’lum qildi.
Davlat axborot agentligi IRNA bergan ma’lumotga ko‘ra mahalliy vaqt bilan soat 21:08 (GMT 17:38) atrofida janubdagi Bushahr shahridagi obyekt yaqiniga hujum uyushtirilgan.
Tashkilot mavzu haqidagi bayonotida: “Amerika - sionist dushman Bushahr yadro elektr stansiyasi hududiga qarshi yana hujum uyushtirdi. Stansiya ichiga bir snaryad kelib tushdi” - dedi.
Unda shuningdek: “Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hodisa hech qanday moddiy yoki texnik ziyon; shuningdek, talofat keltirib chiqarmagan va stansiyaning hech qaysi qismi ziyon ko‘rmagan,” — deyiladi.
IRNA bu hujumni Amerika Qo‘shma Shtatlari va Isroilning davom etayotgan dushmanona harakatlarining bir qismi sifatida baholadi.
Dastlabki xabarlarda hech qanday qurbonlar yoki ziyon ko‘rilgani qayd etilmagani va yadro obyektining barcha qismlari butun qolganligi bildirildi.
Bu hodisa so‘nggi kunlarda yadro inshooti yaqinida qayd etilgan ikkinchi hujum hisoblanadi.
Shunga o‘xshash hujum 17 - mart kuni ham sodir bo‘lgan, biroq u ham ziyon yetkazmagan yoki jarohatlarga yo‘l ochmagan.