Rossiyaning Ukrainaga bo‘lgan talablari Budapeshtdagi sammitni keyingiga qoldirdi

AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning bu oy Budapeshtda sammit uyushtirish rejalari, Moskvaning talablaridagi qat’iyati yuzasidan keyingiga qoldirildi.

_

Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiyaning Ukrainaga bo‘lgan qattiq talablari borasidagi qat’iy qarori yuzasidan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan Prezident Donald Tramp o‘rtasida Budapeshtda rejalashtirilgan sammitni bekor qildi. Mavzu haqida Financial Times juma kuni ma’lumot bo‘lishdi.

«Mazkur qaror ikki davlatning oliy darajali diplomatlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan keskin telefon suhbati ortidan qabul qilindi», - deb yozadi Financial Times, masalaga yaqin manbalarga tayanib.

Oq uy mavzu haqida hali hanuz rasmiy bayonot bermadi

Tramp bilan Putinning bu oy Budapeshtda sammit uyushtirish rejalari, Moskvaning talablaridagi qat’iyati yuzasidan keyingiga qoldirildi. Nomi tilga talablar orasida, Ukraina hududining bir qismini tinchlik bitimi sharti sifatida Rossiyaga topshirishi kerakligi qayd etilgandi.

Tramp, Ukrainaning mavjud chegaralar ustidan darhol sulh tuzish chaqirig‘ini qo‘llab - quvvatlagandi.

Tramp bilan Putin Rossiyaning Ukrainadagi urushini tugatish masalasini muhokama qilish uchun Vengriya poytaxtida uchrashishga kelishib olishidan bir necha kun o‘tib, Rossiya tashqi ishlar vazirligi Vashingtonga xat yubordi. Unda Putinning, urushning asosiy sabablarining qo‘lga olinishi kerakligi haqidagi talablari ta’kidlandi. Nomi tilga olingan talablar ro‘yhatida hududiy imtiyozlar, Ukraina qurolli kuchlarini keskin qisqartirish va NATO tarkibiga aslo kirmaslik kafolatlari o‘rin olgan.

AQSh, Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh Davlat kotibi Marko Rubio o‘rtasida telefon orqali bo‘lib o‘tgan muloqot ortidan sammitni bekor qildi. Muloqot ortidan Rubio, Trampga, Moskva muzokaralarga tayyor emasligini bildirgan. Bu haqida ma’lumotlar FT hisobotida qayd etildi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy shu oyda bergan bayonotida, Ukraina tinchlik muzokaralariga tayyor ekani ammo Moskva talab qilganidek qo‘shimcha hududlardan qo‘shinlarini olib chiqmasligini bildirdi.