Isroil otashkesim kelishuviga qaramay havo hujumlari uyushtirdi
Isroil otashkesim kelishuviga qaramay havo hujumlari uyushtirdi va bu orqali falastinlik kamida yana 63 kishi umriga zomin boʻldi.
Sogʻliqni saqlash rasmiylarining soʻzlariga koʻra seshanba kuni (28.10.2025) oqshomidan beri Isroil havo hujumlari oqibatida falastinlik kamida yana 91 kishi halok boʻldi, ulardan 24 nafari yosh bola. Rasmiylar, mazkur hujumlar amaldagi otashkesim kelishuvining ochiq – oydin paymoli ekanini qayd etdi.
Gʻazodagi tibbiy xodimlar chorshanba kuni (29.10.2025) Isroil kuchlari uylar, transport vositalari, muhojirlarga oid chodirlar va «sariq chiziq» hududida joylashgan bir shifoxonani nishonga olganini ma’lum qildi.
Falastinning qarshilik harakati Hamas mavzu haqida bergan bayonotida, AQSh oʻrtamchiligida 10 – oktabrda kuchga kirgan otashkesimga haligacha sodiq qolishini ifoda etdi. Bundan maqsad urushdan vayron boʻlgan hududlarni qayta tiklash, Gʻazoni barqarorlashtirish va Hamas ishtirokisiz yangi boshqaruv tizimini yaratishdir.
Netanyaxu kuchli hujum uyushtirilishi uchun buyruq berdi
Otashkesimga qaramay genotsidchi Binyamin Netanyaxu isroillik askarlardan birining halok boʻlishi ortidan Gʻazoga qarshi kuchli hujumlar uyushtirilishi uchun buyruq berdi.
AQSh Prezidenti Donald Tramp bugun bergan bayonotida, Isroil hujumlari davom etishiga qaramay otashkesim kelishuvi xavf ostida emasligini qayd etdi.
Falastinlik rasmiylarining soʻzlariga koʻra Isroilning Gʻazoga qarshi uyushtirgan genotsid tusdagi hujumlari oqibatida 2023 - yilning oktabridan beri 68 ming 500 nafardan ortiq inson halok boʻldi, 170 ming nafardan ortiq inson esa tan jarohati oldi.