Isroil hujumi Livanda uch nafar jurnalist umriga zomin bo‘ldi
Isroil tomonidan uyushtirilgan harbiy havo hujumi Livanda uch nafar jurnalist umriga zomin bo‘ldi.
Anadolu axborot agentligi (AA) muxbirining xabar berishicha, Isroil, janubiy Livandagi Jezzine shahriga yaqin hududda yurib ketayotgan bir avtomashinani havo hujumi orqali nishonga olgan; oqibati esa uch nafar jurnalist umriga zomin bo‘lgan.
Halok bo‘lganlarning al - Manar telekanali muxbiri Ali Shuaib, al - Mayadeen muxbiri Fatima Fatouni va bir kameraman ekani aniqlandi.
Isroil armiyasi mavzu haqida bergan bayonotida Ali Shuaibni o‘ldirgani tan olindi ammo boshqa ikki jurnalistning o‘limi haqida hech qanday izoh berilmadi.
Oldinroq Lubnanning Milliy axborot agentligi (NNA) Jezzinedagi al - Barad yo‘lida bir avtomashina Isroil havo hujumi orqali nishonga olingani haqida xabar bergandi biroq mavzu haqida batafsil ma’lumot berilmagan.
Agentlik xabariga ko‘ra shanba kuni ertalabdan beri Isroil Livanning 42 ta qishloq, shahar va hududiga qarshi havo orqali hujum uyushtirgan.
Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra joriy yilning 2 - marti kuni boshlangan Isroil hujumi oqibatida bugungacha kamida 1 ming 142 kishi halok bo‘lgan, 3 ming 315 kishi esa tan jarohati olgan.