Kipr turklari bugun prezidentlik saylovida ishtirok etmoqda

Shimoliy Kipr Turk Respublikasida bugun prezidentlik saylovi oʻtkazilmoqda.

ShKTR fuqarolari bugun prezidentlik sayovida ovoz bermoqda.

Bugun, 2025 - yilning 19 - oktabri kuni ertalab Shimoliy Kipr Turk Respublikasida (ShKTR) prezident saylovining birinchi bosqichi uchun ovoz berish jarayoni boshlandi.

ShKTR fuqarolari soat 8:00dan (05:00 GMT) boshlab mamlakat bo‘ylab joylashtirilgan 777 ta saylov uchastkasida soat 18:00 gacha ovoz berishlari mumkin. Umuman olganda, ShKTRda 218 ming 313 nafar saylovchi ovoz berish huquqiga ega.

Amaldagi prezident Ersin Tatar saylovda mustaqil nomzod sifatida qatnashmoqda. Asosiy muxolifat partiyasi — Respublikachi Turk partiyasi rahbari Tufan Erhurman esa o‘z partiyasi nomidan ishtirok etmoqda.

Bundan tashqari Mehmet Hasguler, Arif Salih Kirdag, Ahmet Bo‘ran va Ibrohim Yaziji mustaqil nomzod sifatida saylovda qatnashyapdi. O‘smоn Zo‘rba esa Kipr Sotsialistik partiyasi vakili sifatida ishtirok etmoqda.

Shuningdek, avval saylovda qatnashishi kutilgan va nomi byulletenlarda ko‘rsatilgan Huseyin Gurlek o‘z nomzodligini Ersin Tatar foydasiga qaytarib olganini shanba kuni e’lon qildi.

Agar birinchi bosqichda biror nomzod 50 foizdan ortiq (mutlaq ko‘pchilik) ovoz to‘plasa, u holda prezident etib saylanadi.

Nomzodlardan birortasi ham kerakli bo‘lgan natijaga erisha olmasa, unda, eng ko‘p ovoz olgan ikki nomzod 7 kun ichida bo‘lib o‘tadigan ikkinchi bosqichda qatnashadi.

Ikkinchi bosqichda eng ko‘p ovoz olgan nomzod esa Shimoliy Kipr Turk Respublikasining yangi prezidenti bo‘ladi.