Turkiyada yangi amaliyotlardaDEASh a’zosi bo‘lishda gumon qilingan o‘nlab shaxslar qo‘lga olindi

DAESh bilan bog‘liq Yalova viloyatidagi o‘limga olib kelgan hujumdan so‘ng kuchaytirilgan terrorizmga qarshi choralar doirasida Turkiya xavfsizlik kuchlari muvofiqlashtirilgan amaliyotlar o‘tkazdi.

By
Six Daesh terrorists were killed during an operation in Yalova province, after the killing of three police officers. / Reuters

Turk xavfsizlik kuchlari sharqiy hududlardaDEAShga qarshi alohida olib borilgan reydlarda jami 85 nafar gumonlanuvchini qo‘lga oldi. Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, janubi-sharqdagi Shanlıurfa viloyatida ijtimoiy tarmoqlarda DEAShni targ‘ib qilgan 8 nafar shaxs hibsga olindi. Amaliyot terror targ‘ibotiga oid materiallar aniqlangach, Respublika Bosh prokuraturasi muvofiqligida o‘tkazildi.

Sharqiy Anadoludagi Ağrı viloyatida esa DEASh faoliyatiga qarshi bir vaqtda o‘tkazilgan reydlarda 10 nafar gumonlanuvchi ushlanib, qamoqqa olindi. Tintuvlar chog‘ida taqiqlangan nashrlar va raqamli materiallar musodara qilindi.

Kunning keyingi soatlarida İstanbul Respublika Bosh prokuraturasi tomonidan olib borilgan boshqa bir tergov doirasida hibsga olingan 147 gumonlanuvchidan 67 nafari qamoqqa olingani bildirildi. Qamoqqa olinganlar orasida Yalo’vadagi tashkilot a’zolari bilan aloqadorligi aniqlangan 41 kishi ham borligi qayd etildi.

Xuddi shu tergov doirasida yana 32 nafar gumonlanuvchi Turkiya uchun tahdid deb topilib, deportatsiya qilinishi uchun qaytarish markazlariga topshirildi.

Rasmiylar noqonuniy dars va va’zlar orqali tashkilotga a’zo yollaganlikda gumon qilinayotgan bir shaxs aniqlanganini, shuningdek Yalo’va hujumi, targ‘ibot faoliyati yoki jangovar hududlar bilan aloqador ko‘plab gumonlanuvchilar belgilanganini ma’lum qildi.

Shu doirada 2025-yil 30-dekabr kuni Istanbul va yana ikki viloyatda 114 manzilda o‘tkazilgan bir vaqtning o‘zidagi reydlarda 110 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olindi.

Tergovlar 29-dekabr kuni Yalo’vada uch nafar politsiya xodimi halok bo‘lgan hujumdan so‘ng, DEAShning a’zo yollash, targ‘ibot va tashkiliy oldini olishga qaratilgan keng ko‘lamli choralar doirasida davom etmoqda. Xavfsizlik kuchlari Yalo’va hujumidan keyin o‘tkazilgan amaliyotlarda kamida olti nafar DEASh a’zosining zararsizlantirilganini bildirdi.