Isroil Eronga qarshi olib borilayotgan urushni baholadi

Isroil manbalari Eronga qarshi olib borilayotgan urushga e'tibor qaratib, uning, oldindan belgilab olinganidan ham jadal sur'atda davom etayotganini bildirdi.

By
_

Isroil xavfsizlik manbalari, Eronga qarshi olib borilgan urush Isroil harbiylari hujum boshlangan kuni belgilab olingan tezlikda davom etayotganini ifoda etdi.

Isroilning KAN axborot agentligi xabariga ko'ra kim ekani oshkor etilishini istamagan xavfsizlik sohasi rasmiylari, yakshanba kuni, urush 28 - fevraldagi ilk zarbadan ham yaxshiroq ekani ammo rejalashtirilgan tusda davom etmayotganini bildirdi.

Manbalar, urush maqsadlarini qayta ko‘rib chiqish lozimligini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Ular, shuningdek, Isroil duch kelayotgan muammolardan biri — ko'plab eronlikni hukumatga qarshi norozilik namoyishi uyushtirish va buning uchun ko'chalarga chiqishga undash ekanini qayd etdi.

AQSh bilan Isroil, Eronga qarshi uyushtirilgan urush yo‘nalishiga ta'sir ko‘rsata oluvchi qo‘shimcha choralar rejalashtirayotganini iddao qildi.

Isroil armiyasi oldingi bayonotida, urushning dastlabki kunlarida Harbiy - havo kuchlarining asosiy maqsadlaridan biri Eron osmonida "havo ustunligini" qo'lga kiritish ekanini ifoda etdi.

Harbiylarga ko‘ra, hujumlar, Islom Inqilobiy gvardiyasiga tegishli ob'yektlar hamda hukumat va xavfsizlik idoralari kabi taxminan 2,200 ta Eron xavfsizlik va harbiy idoralari bilan bog‘liq joyni nishonga olmoqda.

Yaqin Sharq inqirozi Isroil bilan AQShning 28 - fevral kuni Eronga qarshi birgalikda hujum uyushtira boshlashi bilan keskin tus oldi.

Unda, 1 ming 300 nafardan ortiq inson halok bo‘ldi. Qurbonlar orasida 150 nafardan ortiq o‘quvchi qiz bilan mamlakatning sobiq diniy lideri Ali Hamaney ham bor edi. Halok bo‘lganlardan tashqari 10 ming nafardan ortiq inson halok bo‘ldi.

Tehron AQSh bilan Isroil hujumlariga qattiq javob qaytardi. Shu doirada Isroil, Iordaniya, Iroq va AQSh harbiy salohiyatiga ega Fors koʻrfazi mamlakatlarini nishonga oldi. Voqea boshlaganidan beri sakkiz nafar AQSh askari halok boʻldi.