BMT: AQSh - Isroil va Eron urushi yana 45 million kishini ochlikka yetaklashi mumkin

Birlashgan Millatlar Tashkiloti, AQSh - Isroil va Eron urushi yana 45 million kishini og‘ir ochlik davriga yetaklashi mumkinligini qayd etdi.

By
_

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yaqin Sharqdagi urush iyungacha davom etgudek bo‘lsa unda yana 45 million nafar inson o‘tkir ochlik bilan yuzlashishi mumkinligi va bu holat dunyodagi ko‘rsatkichning "dahshatli" darajaga chiqishidan dalolat berishini qayd etdi.

Urush uchinchi haftada yuzlab insonning halok bo‘lishiga; Eronning Isroil va ko‘rfaz davlatlariga qarshi javob tariqasida hujumlar uyushtirishiga; Livanda esa Isroil va Hizbulloh o‘rtasida yangi jabhaning ochilishiga yo‘l ochdi.

BMTning Jahon Oziq - ovqat dasturi (WFP) ijrochi direktor oʻrinbosari Karl Skau mavzu haqida seshanba kuni Jenevada uyushtirilgan matbuot anjumanida: “Yaqin Sharqdagi urush iyungacha davom etgudek bo‘lsa unda yana 45 million nafar inson o‘tkir ochlik bilan yuzlashishi mumkin. Bu, global ochlik darajasini tarixdagi eng yuqoriga olib chiqadi va bu juda dahshatli natijadir", - dedi

Hozirda 319 million nafar inson jiddiy ochlikka ma’ruz qolgan vaziyatda. Bu esa, tarixiy rekord hisoblanadi.

"Haqiqatan ham bu vaziyatni yana bir bor butunlay boshqa bosqichga olib chiqmoqda".

Skauning aytishicha, BMTning Jahon Oziq - ovqat dasturi (WFP) 28 - fevraldagi urushdan oldin ham yirik ochlik ostida edi.

"Ochlik hech qachon hozirgidek og'ir bo'lmagan", - dedi u; buning sabablari — keskin ob - havo hodisalari, mojaro va ba'zi hududlarda ocharchilik e'lon qilinishi.

Shu bilan birga, resurslar 2023 va 2024 yillardagi darajalarga nisbatan keskin kamaydi.

Xodimlarni qisqartirishga va faoliyatni ixchamlashtirishga majbur bo'lib, "amalda imkoniyatimiz oxirigacha cho'zilgan", - dedi Skau.

U Yaqin Sharq urushi WFP amaliyotlarini "judayam, judayam qimmat" holatga keltirganini ifoda etdi.

Skau, tashkilot ta'minot zanjiri uzilishlariga qarshi kurashishga harakat qilayotgani lekin uning ishlash xarajatlari — ayniqsa yoqilg'i narxlarining keskin oshishi va uzoq yo‘llar tufayli oshganini bildirdi.