DUNYO
2 daqiqa o'qish
Afgʻonistondagi yer silkinishi ortidan vayronalarni olib tashlash ishlari boshladi
Afgʻonistonda yuz bergan 6,3 magnitudali yer silkinishi oqibatida ziyon koʻrgan hududlarda vayronalarni olib tashlash ishlari boshlandi.
Afgʻonistondagi yer silkinishi ortidan vayronalarni olib tashlash ishlari boshladi
_

Afgʻoniston shimolida yuz bergan 6,3 magnitudali yer silkinishi oqibatida kamida 20 kishi halok boʻldi, taxminan 1000 kishi tan jarohati oldi. Seshanba kunidan e’tiboran yer silkinishidan ziyon koʻrgan hududlarda vayronalarni olib tashlash ishlari boshlandi.

Yer silkinishi dushanba kuni (03.11.2025) ertalab Afgʻoniston shimolidagi Mozori - Sharif shahri yaqinida qayd etildi. Rasmiylar kamida 20 kishi halok boʻlgani va shaharning tarixiy Moviy jome’ masjidi ziyon koʻrganini bildirdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afgʻonistondagi Gumanitar Ishlarni muvofiqlashtirish idorasining oxirgi ma’lumotlariga koʻra, yer silkinishi oqibatida taxminan 945 kishi jarohat olgan.

Afgʻoniston Milliy tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra yuzlab uy toʻliq yoki qisman vayron boʻldi. Yordam tashkilotlari qish yaqinlashib, harorat nol darajadan pastga tushgani sababli vaziyat xavotirli ekanini qayd etdi.

Seshanba kuni, yer silkinishi epitsentri yaqinidagi Tangi Toshqoʻrgʻon tumani aholisi vayronalarni tozalash va shikastlangan binolarni mustahkamlash ishlarini boshladilar.

Mahalliy doʻkonchi Muhammad Yasinning aytishicha, yer silkinishi natijasida oʻnlab bino ziyon koʻrgan yoki vayron boʻlgan.

Yasin: «Doʻkonlarga kirganingizda, har on qulab tushadigandek his qilasiz; ehtimol hozir, balki 10 daqiqadan soʻng», - dedi.

Bu ofat, aytmasak ham koʻplab inqirozlarga qarshi kurashayotgan Afgʻonistondagi Tolibon hukumati uchun yana bir qiyinchilik tugʻdirdi. Mamlakatdagi boshqa inqirozlar qatoriga avgust oyida mamlakat sharqida minglab inson umriga zomin boʻlgan yer silkinishi, xorijiy yordamning keskin kamayishi va qoʻshni davlatlarning afgʻon qochqinlarini ommaviy ravishda deportatsiya qilish ishlari kiradi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Hindiston va Xitoy Afgʻonistonga yordam berishga va’da berdi. Hindiston, Tolibonning vaqtinchalik hukumati bilan munosabatlarni yumshatishga intilar ekan Xitoy seshanba kuni yordam berishini e’lon qildi.

Togʻlar bilan oʻralgan Afgʻoniston turli xil tabiiy ofatlarga moyil ammo koʻpincha inson umriga zomin boʻlgan yer silkinishiga yoʻl ochdi. Yer silkinishi voqeasida har yili oʻrtacha 560 kishi halok boʻldi, bu esa taxminan 80 million dollarlik ziyon yetkazdi.

Qurilish sifatining pastligi ham qurbonlar sonini orttirgan omillardan biridir. Mutaxassislar, yangi binolar yer silkinishiga chidamli qurilish va mavjud binolarning choʻkish xavfini kamaytirish uchun mustahkamlanishi kerakligini tavsiya qilmoqdalar.

Boxabar bo'ling!
Isroilning diaspora ishlari vaziri Chikli: Makron bizning orqamizdan pichoqladi
BMT Xavfsizlik Kengashi Pokiston shimoli-g‘arbidagi halokatli terror hujumini qoraladi
Eron bosh muzokarachisi AQSHni “teatr diplomatiyasi”da aybladi
Rossiya havo mudofaasi insonsiz havo transportlari hujumini qaytardi
Zelenskiy: «Havo mudofaasi uchun yetkazib berilgan raketalar soni kamaydi».
Rossiyaning raketa va dron hujumlari Kiyev atrofida 14 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi
Sun’iy intellekt xakerlarga ustunlik bermoqda: O‘zimizni qanday himoya qilamiz?
Afg‘onistonda bolalar ocharchilik xavfi ostida
Ukraina Prezidenti Zelenskiy Rossiyaga qarshi yangi operatsiyalarni ma’qulladi
Vashingtondagi o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda
Venesuelada yuz bergan yer silkinishida halok bo‘lganlar soni ortdi
Gazprom: Yevropadagi gaz omborlarida yuzaga kelgan taqchillik ta’minot uchun xavf tug‘dirmoqda
Rosatom: Qora dengizda dron hujumiga uchragan konteyner kemasi cho‘kdi
Moskvada yuz bergan portlashda uch kishi halok bo'ldi
Gretsiyadagi o‘rmon yong‘inlarida halok bo‘lgan o‘t o‘chiruvchilar soni uch nafarga yetdi
Yaponiyadagi zilzilada 30 kishi halok bo‘ldi, qidiruvlar davom etmoqda
Yaponiyada 7,1 magnitudali zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 13 nafarga yetdi
Putin: Rossiya o‘z maqsadlariga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi
Janubiy Kore Shimoliy Kore va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni yaqindan kuzatmoqda
Pokiston shimoli-g‘arbidagi politsiya nazorat punktiga hujumda 15 kishi halok bo‘ldi