Otashkesimga qaramay Isroil yana Rafohga qarshi hujum uyuhtirdi
Otashkesimga qaramay Isroil yana G‘azoga, to‘g‘rirog‘i shahar janubidagi Rafohga qarshi havodan hujum uyuhtirdi.
Mahalliy matbuot xabarlariga ko‘ra Isroil armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay bugun (19.10.2025) G‘azo janubidagi Rafoh shahriga qarshi havo hujumlari boshlagan.
Isroilning KAN milliy teleradiokompaniyasi hujumlar Hamas bilan bo‘lgan bir to‘qnashuv ortidan sodir bo‘lganini xabar qilishiga qaramay Channel - 12, hujum harbiy vositalardan birining Hamas tomonidan nishonga olinishi ortidan sodir bo‘lganini iddao etmoqda.
Hamas esa Isroil iddaosiga hali hanuz hech qanday izohot bermadi.
Eslatib o‘tamiz:
O‘tgan hafta Isroil bilan Hamas AQSh Prezidenti Donald Tramp taqdim etgan reja asosida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Rejaning birinchi bosqichi mahbuslarni almashish masalasini o‘z ichiga oladi. Rejada, shuningdek, G‘azoni qayta qurish va Hamas ishtirokisiz yangi boshqaruv organi tashkil etilishi ham ko‘zda tutilgan.
G‘azo Sog‘liqni Saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra Isroilning 2023 - yilning oktabr oyidan beri davom etayotgan qenotsid natijasida 68,1 ming nfardan ortiq inson halok bo‘lar ekan, 170,2 ming nafar inson tan jarohati oldi.