G‘azodagi noqulay ob - havo sharoiti insoniy inqirozni kuchaytirmoqda
G‘azodagi 2,4 million aholining taxminan 1,9 millioni urush paytida Isroil tomonidan o‘z - uy joyidan mahrum qilinar ekan, hozirga kelib eng asosiy ehtiyojlaridan ham mahrum bo‘lgan holda eskirgan chodirlarda jon saqlashga urinmoqda.
Musulmonlarning muqaddas oyi — Ramazon boshlanganidan beri hududni urgan ilk qish bo‘roni seshanba kuni (24.02.2026) G‘azo bo‘ylab kuchli yog‘ingarchilikka yo‘l ochdi. Natijada o‘z uy - joyidan ko‘chirilgan falastinliklarga tegishli chodirlarni suv bosdi. Rasmiylar va guvohlarning aytishicha, Isroilning boshpana materiallariga qo‘ygan cheklovlari orasida aytmasak ham og‘ir bo‘lgan insonparvarlik inqirozi yanada avj oldi.
Meteorolog Laith al - Alami mavzu haqida facebook orqali bergan bayonotida, dushanba kuni G‘azoga yomg‘ir va sovuq havo olib kelgan ob - havo tizimi seshanba kuni oqshomiga qadar yengillashishi kutilayotganini ma’lum qildi.
G‘azodagi Harbiy bo‘lmagan Mudofaa xizmati yarim kechasi kuchli yog‘ingarchilik yuzasidan suv bosgan lager maydonlaridan ko‘plab yordam chaqiriqlari eshitilganini bildirdi.
Idora, qutqaruv guruhlari, G‘azo janubidagi Xon Yunus shahrining g‘arbida joylashgan al - Mavasi hududida sel suvlari chodirlarini bosib ketgan bir nechta oilani qutqarganini ma’lum qildi.
Guvohlar Anado‘lu axborot agentligiga (AA), yomg‘ir suvi G‘azo shahrining g‘arbiy qismidagi chodirlarni ham bosgani, xususan ar - Rimal mahallasi va port atrofida toshqinlar yuz berganini ifoda etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ar - Rimaldagi suv bosgan chodirlar bilan aholining yanada katta ziyonlarning oldini olish uchun yechim izlayotganini ko‘rish mumkin.
O‘tgan yilning dekabr oyidan beri bir necha bor qish bo‘ronlari o‘n minglab chodirni suv ostida qoldirdi yoki uchirib ketdi. Avvalroq Isroil hujumlaridan ziyon ko‘rgan binolarning qulashiga ham sabab bo‘lib, o‘nlab falastinlikning halok bo‘lishi va jarohatlanishiga yo‘l ochdi. Ayrim falastinliklar esa keskin sovuq ta’sirida hayotdan ko‘z yumdi.
G‘azodagi 2,4 million aholining taxminan 1,9 millioni urush paytida Isroil tomonidan o‘z - uy joyidan mahrum qilinar ekan, hozirga kelib eng asosiy ehtiyojlaridan ham mahrum bo‘lgan holda eskirgan chodirlarda jon saqlashga urinmoqda.
O‘tgan 2025 - yilning 10 - oktabrida kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay, falastinliklarning yashash sharoitlari sezilarli darajada yaxshilanmadi. Isroil esa chodirlar, mobil uylar va boshqa boshpana materiallari bilan yordam yuklarining kirishini to‘sishda davom etmoqda.
Isroil 2023 - yilning oktabr oyida G‘azoga qarshi urush boshlatgan bo‘lib; oqibatida falastinlik 72 ming nafardan ortiq insonning umriga, 171 ming nafardan ortiq insonning esa sog‘ligiga zomin bo‘ldi. Bunga qo‘shimcha ravishda Falastinning harbiy bo‘lmagan infratuzilmasi keng ko‘lamda vayron qilindi.