Iroq yaqin kunlarda Turkiyaga eksportni tiklashi mumkin

Hayyan Abdulg‘oniy, Bog‘dodda davom etgan va mintaqaviy urush yo‘l ochgan kamchiliklar ortidan eksport ko‘lamini takror ko‘rib chiqish uchun zudlik bilan chora ko‘rila boshlanganini bildirdi.

By
_

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilib, neft yetkazib berish ishlari to‘xtashi ortidan Iroq xom neft eksport qilish uchun muqobil yo‘llar tayyorlamoqda. Rasmiylarning qayd etishicha, Kerkuk – Jeyhan neft quvur liniyasi bir necha kun ichida Turkiyaga takror eksport ishlarini boshlashi mumkin.

Bosh vazir o‘rinbosari va neft vaziri Hayyan Abdulg‘oniy dushanba kuni mavzu haqida bergan bayonotida, Bog‘dodda davom etgan va mintaqaviy urush yo‘l ochgan kamchiliklar ortidan eksport ko‘lamini takror ko‘rib chiqish uchun zudlik bilan chora ko‘rila boshlanganini bildirdi.

Abdulg‘oniy o‘z bayonotida, Iroq OPEC kvotasi bo‘yicha kuniga taxminan 4,4 million barrel ishlab chiqarayotgani; kundalik eksport esa taxminan 3,4 million barrelni tashkil etishini qayd etdi. Eksportning yirik qismi Basra neft terminali orqali amalga oshirilayotgan edi.

Ammo Fors ko‘rfazining energiyalarini yetkazib berish uchun muhim dengiz yo‘li hisoblangan Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopilishi Iroq eksportini to‘xtatishga va ishlab chiqarishni keskin kamaytirishga majbur qildi.

Hayyan Abdulg‘oniy mavzu haqida shuningdek: «Hozirda ichki ehtiyojlarni qondirish uchun neft ishlab chiqarish taxminan kuniga 1,5–1,6 million barrelga kamaytirildi», — dedi. Shuningdek neftni qayta ishlash zavodlari benzin, dizel, suyultirilgan neft gazi (LPG) va boshqa yoqilg‘ilar bilan ta’minlash uchun maksimal quvvatda ishlayotganini qayd etdi.

Energiya xavfsizligini ta’minlash uchun favqulodda zaxiralar ham saqlanmoqda.

Yangi eksport yollari qidirilmoqda

Bog‘dod yetakchiligi neftni jahon bozorlariga yetkazib berish ishlarini davom ettirish uchun hozirda bir nechta muqobil eksport yo‘llarini izlamoqda.

Abdulg‘oniy, neft yaqin kunlarda Kerkuk quvur liniyasi orqali Turkiyaning O‘rta yer dengizi sohilidagi Jayhun portiga oqishni boshlashi mumkinligini ifoda etdi. Bu quvur kuniga 200 mingdan 250 ming barrelgacha neft tashish qobiliyatiga ega.

Quvur liniyasida sinov va texnik xizmat ishlarining yirik qismi tamomlangani, taxminan 100 kilometrga yaqin bir bo‘lakda qolgan gidrostatik sinov bir hafta ichida tugashi mumkinligi bildirildi.

Ishga tushgach, xom neft Kerkuk konlaridan to‘g‘ridan - to‘g‘ri quvirga oqib, Iroqning Kurd mintaqaviy hukumati (KRG) nazoratidagi hududlarga uchramay to‘g‘ri Turkiyaga yetkazib beriladi.

Iroq shuningdek neft Suriyadagi Baniyas porti orqali tashilishi va Iordaniyadagi Aqaba ustidan bir quvur yo‘li bilan eksport qilish kabi qo‘shimcha variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda.

Bu tayyorgarliklar, Fors ko‘rfazidagi mojaro global energiya talabi ustidan ortib borayotgan iqtisodiy ta’sirini yaqqol namoyon etmoqda. Dunyoning yirik neft ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan Iroq, mintaqadagi eng asosiy dengiz yo‘li yopiq paytida, eksportni davom ettirish uchun yangi yo‘llar qidirmoqda.