Prezident Erdo‘g‘an ozarbayjonlik hamkasbi Aliyev bilan uchrashdi
Turkiya, Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida o‘nlab yillar davom etib kelgan mojaroni to‘xtatishni ko‘zlagan har qanday sa’y - harakatni faol qo‘llab - quvvatlab kelmoqda.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an chorshanba kuni (24.12.2025) Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali bo‘lib o‘tgan muloqotda, Turkiya, Ozarbayjon – Armaniston tinchlik jarayonidagi shaxdam qadamlarni qo‘llab - quvvatlashni davom etishini bildirdi.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan NSosyal tarmog‘i orqali mavzu haqida berilgan ma’lumotga ko‘ra Erdo‘g‘an, mazkur muloqot chog‘ida, Turkiya bilan Ozarbayjon savdo sohasi bosh bo‘lish bilan birga barcha yo‘nalishda hamkorlik qilib, o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida ish olib borayotganini ta’kidlagan.
Shuningdek, Prezident Erdo‘g‘an Aliyevni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab; yaqinlashib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan ezgu tilaklarini bildirdi.
Turkiya, ayniqsa so‘nggi diplomatik tashabbuslar ortidan Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida o‘nlab yillar davom etib kelgan mojaroni to‘xtatishni ko‘zlagan har qanday sa’y - harakatni faol qo‘llab - quvvatlab kelmoqda.