Hakan Fidan ertaga AQShga tashrif uyushtiradi
Hakan Fidan AQShga boʻlgan tashrifi chogʻida ikki tomonlama va mintaqaviy masalalarni muhokama qilish niyatida bir qator uchrashuvlar oʻtkazadi.
Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan ertaga (10.11.2025) AQShga tashrif uyushtiradi. Bu haqida Anadoʻlu (Anadolu) axborot agentligi ma’lumot boʻlishdi.
Ushbu ma’lumotga koʻra Hakan Fidan AQShga boʻlgan tashrifi chogʻida ikki tomonlama va mintaqaviy masalalarni muhokama qilish niyatida bir qator uchrashuvlar oʻtkazadi.
Hakan Fidan AQShda oxirgi marta joriy yilning sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 80 ‑ sessiyasida ishtirok etgan Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanga hamrohlik qilish maqsadida boʻlib qaytgandi.
Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan joriy yilning mart oyida ham Vashingtonga ikki kunlik tashrif uyushtirib, unda, bir qator oliy darajali uchrashuvlar oʻtkazar ekan ayni vaqtda AQSh rasmiylari bilan yana muhim ikki tomonlama va mintaqaviy masalalarni muhokama qilgandi.
Nomi tilga olingan uchrashuvlar Suriyaning siyosiy va insoniy vaziyati hamda toʻqnashuvlar davom etayotgan mamlakatda Turkiyaning tinchlik oʻrnatish roli ustida davom etayotgan mintaqaviy muhokamalar markazida qayd etildi.
Hakan Fidan oʻzining amerikalik hamkasbi Marko Rubio bilan, qamal ostidagi Gʻazoda otashkesimni butunlay yoʻlga qoʻyish zarurati hamda boshqa bir qator ikki tomonli va mintaqaviy masalalarni muhokama qilish uchun uchrashdi.