Isroil otashkesimga qaramay yana hujum uyushtirdi

Isroil otashkesimga qaramay yana hujum uyushtirdi va oqibati falastinlik kamida yana to‘rt kishi umriga zomin bo‘ldi.

By
_

Shifoxona mas’ullarining ma’lum qilishicha bugun Isroil tomonidan urushdan vayron bo‘lgan G‘azoga qarshi uyushtirilgan havo hujumi oqibatida falastinlik kamida to‘rt kishi, jumladan bir bola bilan bir homilador ayol halok bo‘ldi.

Hujum G‘azo markazidagi Nusayrat qochqinlar lagerida joylashgan bir uyni nishonga olgan. Yaqin atrofdagi al - Aqso Shahidlari shifoxonasi ma’lumotiga ko‘ra hujum natijasida er - xotin va ularning kichik o‘g‘li halok bo‘lgan. To‘rtinchi qurbonning jasadi esa Nusayratdagi Avda shifoxonasiga olib borilgan.

Isroil armiyasi hodisa yuzasidan hozircha bayonot bermadi.

Bu o‘limlar oktabr oyida kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvidan keyin G‘azoda halok bo‘lgan falastinliklar orasidagi so‘nggi qurbonlar sifatida qayd etildi. Mazkur sulh Isroilning G‘azoga qarshi ikki yildan ortiq davom etgan va 72 ming nafardan ortiq falastinlikning o‘limiga yo‘l ochgan urushni to‘xtatishni maqsad qilgan edi.

Eng shiddatli to‘qnashuvlar kamayishiga qaramay, otashkesim shartlari doirasida Isroil tomonidan deyarli har kuni qoidabuzarliklar qayd etilayotgani bildirilmoqda. G‘azo Sog‘liqni Saqlash idoralari ma’lumotiga ko‘ra, o‘sha vaqtdan buyon Isroil kuchlari bir necha bor havo hujumlarini amalga oshirgan va harbiy nazorat ostidagi hududlarga yaqin joylarda falastinliklarga qarshi tez -tez o‘t ochgan; bu hujumlarda 650 dan ortiq falastinlik halok bo‘lgan.