DUNYO
2 daqiqa o'qish
Isroil yana Suriya janubiga qarshi hujum uyushtirdi
Isroil, Donald Trampning ehtiyorkorlik chaqirig‘iga qaramay yana Suriya janubiga qarshi hujum uyushtirdi.
Isroil yana Suriya janubiga qarshi hujum uyushtirdi
_

Isroil seshanba kuni (02.12.2025) AQSh Prezidenti Donald Trampning ehtiyorkorlik chaqirig‘iga qaramay, Suriya janubiga qarshi yana bosqin uyushtirdi va Qunaytrada tark etilgan harbiy postni portlatdi.

Suriya davlat telekanali Alikhbariyaning xabar berishicha, ikki dona Isroil tanki bilan o‘nlab harbiy mashina Qunaytra janubiy qishlog‘i bo‘lmish Samdaniya Sharqiya hududiga kirib borib, tark etilgan harbiy nuqtani vayron qilgan.

Hujum bo‘yicha hozircha Isroil armiyasi yoki suriyalik rasmiylar tomonidan hech qanday izoh berilmadi.

Trampning ogohlantirishlariga e’tibor bermaslik

Hujum, yaqin atrofdagi ikki qishloqqa qarshi uyushtirilgan shunga o‘xshash Isroil bosqinlaridan 24 soat o‘tib sodir bo‘ldi; bu esa oylar davomida Suriya janubini nishonga olib kelayotgan deyarli kundalik hujumlar ketma - ketligining bir qismi hisoblanadi.

Dushanba kuni (01.12.2025) Tramp tinchlikka chaqirib, shunday degan edi: “Isroilning Suriya bilan kuchli va haqiqiy muloqot olib borishi juda muhim. Suriyaning farovon davlatga aylanishiga hech narsa to‘sqinlik qilmasligi kerak”.

Tramp, Suriya Prezidenti Ahmad Sharaaning tinchlik yo‘lida “puxta ishlayotgani”ni maqtar ekan, bu davrni “tarixiy imkoniyat” deb ta’rifladi.

Suriya hukumatining ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 - yilning dekabr oyidan buyon Isroil janubiy viloyatlarga 1 000 dan ortiq havo hujumi va 400 dan ortiq quruqlikdan kirish amaliyotlarini amalga oshirgan.

O‘tgan yili Bashar Asad rejimi qulaganidan so‘ng, Isroil BMT nazoratidagi bufer zonani egallab; 1974 - yilgi Kuchlarni ajratish bitimini buzgan holda, bosib olingan Go‘lan tepaliklari ustidan nazoratini kengaytirdi.

Boxabar bo'ling!
AQShda sudya davlat hisobidan Trampni qo‘llovchi reklamalarni to‘xtatishga qaror qildi
BMT: “Jibuti sohillari yaqinidagi qayiq halokatida 139 kishi halok bo‘ldi, 84 kishi bedarak yo‘qoldi
AQSh harbiylari Ummon ko‘rfazida yuk kemasiga zarba berdi
Rossiyada laboratoriya xodimining o'limiga olib kelgan pnevmoniya sababi noma'lumligicha qolmoqda
Ar-Riyod aeroportiga raketa hujumi: 12 kishi halok bo‘ldi, reyslar to‘xtatildi
Rossiya Odessa portiga harbiy yuk olib ketayotgan quruq yuk kemasini urganini bildirdi
Navi Pillay Nobel tinchlik mukofotini xalqaro jinoyatlar qurbonlariga bag‘ishladi
Fransiyada o‘quvchilar noroziligi butun mamlakatga yoyilmoqda
Panama kuchli zilziladan so‘ng yirik tabiiy ofat e’lon qildi
Tramp Nobel tinchlik mukofoti haqidagi qarorni “sharmandali” deb atadi
Ukraina BMT Xavfsizlik kengashini shoshilinch yig‘ilishga chaqirdi
NYT: AQSh armiyasi Eronga hujum qilish variantlarini ko‘rib chiqmoqda
Rossiya va Ukraina o'rtasidagi hujumlarda kamida 56 kishi halok bo'ldi
Hisobot: Eron urushida AQShning 81 ta havo vositasi yo‘qotildi yoki jiddiy shikastlandi
ChatGPT bolalar hayoti uchun katta xavf tug'dirmoqda
Xitoylik xaker Janubiy Koreya banklariga qarshi kiberhujumlarda sun'iy intellektdan foydalandi
WMO ogohlantirdi: El-Ninyo Tinch okeani haroratini rekord darajaga ko‘tarishi mumkin
Eron: “AQShning urushni tugatish takliflariga javob vositachilar orqali yetkaziladi”
Ukrainadagi Rossiya hujumlari 11 kishining hayotiga zomin bo'ldi
Zelenskiy: Moskva Ukrainaga qarshi keng ko'lamli hujumga tayyorgarlik ko'rmoqda