Isroil G‘azoda falastinlik yana ikki nafar yosh bola umriga zomin bo‘ldi
Isroil armiyasi o‘tgan 2025 - yilning oktabr oyida kelishib olingan otashkesimga qaramay G‘azoga qarshi hujum uyushtirishni davom ettirmoqda.
Isroil armiyasi tomonidan otashkesimga qaramay G‘azoning turli hududlariga qarshi uyushtirilgan hujumlar oqibatida falastnilik yana ikki nafar yosh bola halok bo‘ldi, ko‘pchilik esa tan jarohati oldi.
Sog‘liqni Saqlash manbalariga ko‘ra al - Zavara oilasidan 14 yoshli Salman Zakariya bilan 15 yoshli Muhammad Yusuf Bayt, Lahiyadagi Kamal Advan shifoxonasi yaqinida portlagan Isroil bombasi natijasida hayotdan ko‘z yumdi.
Guvohlarning aytishicha Isroilga tegishli insonsiz havo transporti, kelishuv doirasida Isroil kuchlari avvalroq chekingan hududda ikki bolaning ustiga bomba tashlagan.
Bu voqeagacha tez yordam va favqulodda xizmatlar manbalari Isroil tomonidan Jabaliyadagi eski G‘azo ko‘chasi nishonga olingan hujum oqibatida falastinlik ko‘pchilik tan jarohati olgani haqida ma’lumot bo‘lishgan edi. Mazkur hudud ham kelishuvga binoan Isroil kuchlari chekingan hududlar qatoriga kirishi qayd etildi.
Yana bir hodisada esa Bayt Lahiyaning al - Salatin hududida falastinlik bir erkak kishi Isroil o‘qi oqibatida yaralangani ma’lum qilindi. Shanba kuni (24.01.2026) ertalab esa Xon Yunus shahrida falastinlik bir kishi boshidan o‘q yeb, jarohat olgani bildirildi.
Guvohlar shahar markazidagi Jasser binosi chorrahasi yaqinida Isroilga tegishli to‘rt parrakli insonsiz havo transporti orqali o‘q uzilgani haqida gapirdi.
Eslatib o‘tamiz 2023 - yilning oktabr oyidan beri Isroil armiyasining G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlari oqibatida falastinlik 71 ming nafardan ortiq inson halok bo‘ldi; 171 ming nafardan ortiq inson esa tan jarohati oldi. Eng yomoni, halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi ayollar va yosh bolalardn iborat.
Sog‘liqni Saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra o‘tgan 2025 - yilning 10 - oktabrida boshlangan otashkesimga qaramay Isroil, hujumlarini haligacha davom ettirmoqda. Shu doirada va xuddi shu jarayonda falastinlik yana 481 kishi o‘ldirildi va 1 ming 313 nafar inson tan jarohati oldi.