Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Isroilning 1915 - yil voqealarini genotsid sifatida tan olish haqidagi so‘nggi qaroriga Armaniston javob berishni zarur deb hisoblamasligini ifoda etdi. Pashinyan 29 - iyun kuni Yerevanda so‘zlagan nutqida 1915 - yil voqealaridan «siyosiy qurol sifatida foydalanish»dan tiyilish Armaniston manfaatlariga xizmat qilishini ta’kidladi. 28 - iyun kuni Isroil hukumati 1915 - yil voqealarini genotsid sifatida tan olish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi. Anqara bu qarorni keskin qoralab, Isroilni mazkur masaladan «o‘z jinoyatlarini yashirish» maqsadida foydalanayotganlikda aybladi.
Ko'proq videolar
Pashinyan: 1915 - yil voqealarini siyosiy qurol sifatida ishlatishga qarshimiz
Pashinyan 29 - iyun kuni Yerevanda so‘zlagan nutqida 1915 - yil voqealaridan «siyosiy qurol sifatida foydalanish»dan tiyilish Armaniston manfaatlariga xizmat qilishini ta’kidladi.
Ko'proq videolar