Isroil qamal ostidagi G‘azoda qirg'inni davom ettirmoqda
DUNYO
Isroil qamal ostidagi G‘azoda qirg'inni davom ettirmoqda
Butun dunyoning diqqat-e’tibori 2026-yilgi Jahon chempionatiga qaratilgan bir paytda, Isroil qamal ostidagi G‘azoda genotsidni davom ettirmoqda.

Payshanba kuni ushbu genotsid o‘zining 1000-kuniga qadam qo‘ydi. Shu hafta davomida G‘azo sektorining turli hududlarida ko‘plab harbiy jinoyatlar sodir etilgani xabar qilindi.

Payshanba kuni Isroilning uchuvchisiz uchish apparati (dron) Nuseyrat qochqinlar lagerida mototsiklni nishonga oldi. Hujum oqibatida yetti nafar falastinlik yaralandi, ulardan birining ahvoli og‘ir.

Chorshanba kuni esa Isroil droni Umar al-Muxtor ko‘chasida tinch aholiga tegishli avtomobilni ikkita raketa bilan o‘qqa tutdi. Shu kuni hafta boshida Esda hududida uyushtirilgan Isroil hujumida halok bo‘lgan uch nafar falastinlik, jumladan, bir bola uchun dafn marosimi o‘tkazildi.


Ko'proq videolar
AQSh: Isroil Eron bilan muzokaralarni barbod qilmoqda
Isroillik ko‘chmanchilar falastinlik yerlarini nishonga oldi
Isroil G‘azodagi qochqinlar lageridagi uyni nishonga oldi
Isroil kuchlari falastinlik oilani uyidan chiqardi
Turkiya 15 - iyul shahidlarini yod etdi
Erdo‘g‘an 15 - iyuldagi jasorati uchun xalqqa minnatdorchilik bildirdi
15 - iyul voqeasi qanday yuz berdi?
Istanbulda 15 - iyul shahidlari yodga olindi
15 - iyul: 253 nafar shahid, unutilmas jasorat
15 - iyul: Xoin o‘qlariga qarshi bukilmas iroda