Kecha, 5 - may kuni Turkiyaning Istanbul qirg‘oqlari yaqinida «SAHA 2026» Xalqaro mudofaa va aviatsiya ko‘rgazmasi doirasida dunyodagi ilk harbiy insonsiz havo transportlarini tashuvchi kema — «TCG Anadolu» va bir harbiy suvosti kemasi namoyish etildi. Ko‘rgazma Istanbuldagi yarmarka markazi (IFM)da o‘z ishini boshlandi. Unda 263 tasi xalqaro, 1 700 ta kompaniya hamda 120 dan ortiq mamlakatdan 30 000 dan ziyod soha vakillari ishtirok etdi.
Turkiya va Yevropaning eng yirik mudofaa, aviatsiya va kosmik sanoat klasteri hisoblangan «SAHA Istanbul» tomonidan tashkil etilgan tadbir 9 - mayga qadar ayni manzilga tashrif buyuruvchilarni qabul qiladi.
