Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Istanbulda Pokiston Bosh vaziri Shohboz Sharif bilan o‘zaro va hay’atlararo uchrashuv ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi. Prezident Erdo‘g‘an unda so‘zlagan nutqida: «Urushga qaram bo‘lgan amaldagi Isroil hukumatining mintaqamizni yana bir bor porox va qon hidiga burkashiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak» - dedi. Ikki tomonlama munosabatlarga to‘xtalgan Turkiya Prezidenti, Anqara Islomobod bilan energetika, transport, strategik ahamiyatga ega minerallar ham - da axborot texnologiyalari sohalaridagi hamkorlikni yana - da chuqurlashtirishni maqsad qilganini ta’kidladi.
Ko'proq videolar
Erdo‘g‘an: Isroil mintaqani yana urush girdobiga tortmasligi kerak
Prezident Erdo‘g‘an bilan Pokiston Bosh vaziri Shohboz Sharif o‘zaro va hay’atlararo uchrashuv ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.
Ko'proq videolar