YANGI SURIYA
1 daqiqa o'qish
YPGning ko‘prik sabotaji Rakkani suv­siz qoldirdi
YPG terror tashkiloti, Firot daryosi ustidagi Eski ko‘prik bilan asosiy suv tarmoqlarini nishonga olgan hujumi oqibatida Rakka shahriga boradigan suv manbalarini to‘liq uzib yubordi.
YPGning ko‘prik sabotaji Rakkani suv­siz qoldirdi
_
18 январ 2026

Suriya Arab axborot agentligi (SANA) xabariga ko‘ra YPG terror tashkilotining Firot daryosi ustidagi Eski ko‘prikni portlatib yuborishi natijasida Suriya shimolidagi Rakka shahriga boradigan suv manbalari butunlay uzilgan.

SANA Rakka Media boshqarmasiga tayanib bergan xabarda shunday dedi: “YPG shaharni suv bilan ta’minlab turgan va Eski ko‘prik bo‘ylab o‘tuvchi asosiy suv quvurlarini portlatib yuborgani bois Rakka shahriga suv ta’minoti to‘liq to‘xtatildi”.

Agentlik, shuningdek, guruh keyinchalik Rakkadagi Yangi al - Rashid ko‘prigini ham portlatganini ma’lum qildi.

Avvalroq Suriya armiyasi YPG terror tashkilotini hududdan chiqarib tashlab, Rakka viloyatidagi strategik ahamiyatga ega Tabqa hududida to‘liq nazoratni qo‘lga kiritgan edi. Suriya armiyasi Harakatlar boshqarmasi, hukumat kuchlari hududni xavfsiz holatga keltirgani va YPG terrorchilaridan tozalagani haqida bayonot berdi.