Isroil kuchlari ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohildagi Ramalloh shahri yaqinida joylashgan Silvad qishlog‘ida uyushtirilgan bosqin paytida falastinlik 15 yoshli o‘smir umriga zomin bo‘ldi.
Askarlar haqiqiy o‘q, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va ovoz bombalaridan foydalandi. Xuddi shu paytda kelib chiqqan to‘qnashuvlarda Yamen Samed Hamed otib o‘ldirildi. Falastinning WAFA axborot agentligi mavzu haqida, mahalliy manbalarga tayangan holda bugun ma’lumot bo‘lishdi.
Manbalarning aytishicha, Isroil kuchlari tan jarohati olgan o‘smirni olib ketish uchun kelayotgan tez yordam mashinasiga monelik qilgan. Natijada o‘smir bir muddat ko‘maksiz qolgan.
Ramallohdagi Falastin Tibbiyot Kompleksi keyinchalik uning vafot etganini ma’lum qildi.
Falastin ma’lumotlariga ko‘ra 2023 - yilning oktabr oyidan beri ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda Isroil hujumlari avj olgan bo‘lib, bu jarayonda 1 ming 62 nafardan ortiq falastinlik halok bo‘lar ekan 10 ming 300 nafar inson tan jarohati oldi.
Joriy yilning iyul oyida Xalqaro Adolat Sudi, Isroilning Falastin hududlaridagi ishg‘olini noqonuniy deb e’lon qilgan tarixiy ko‘z qarashini bildirdi. G‘arbiy Sohil bilan Sharqiy Quddusdagi barcha aholi punktlari evakuatsiya qilinishini talab qilgandi.

















