TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an Ayasofiyaning qayta ochilishiga e'tibor qaratdi
Prezident Erdo‘g‘an, 86 yillik hijron ortidan 6 yil muqaddam qayta ochilgan Ayasofiyaga e'tibor qaratdi.
Erdo‘g‘an Ayasofiyaning qayta ochilishiga e'tibor qaratdi
_

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyib Erdo‘g‘an Ayasofiya jome’ masjidining qayta ibodatga ochilishining 6 - yilligi munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Prezident Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali mavzu haqida quyidagi ifodalarga o‘rin berdi:

«Ayasofiya 86 yillik hijron ortidan bundan 6 yil avval bugun yana o‘zining asl maqomiga qaytdi... Ushbu muborak masjid, inshaalloh, bir umr osmonlarimizni azon sadolari bilan bezashda davom etadi... Ayasofiyaning qayta tiklanishi muborak bo‘lsin...»