DUNYO
2 daqiqa o'qish
Vens: Pokistondagi muzokarada AQSh - Eron kelishuvi qayd etilmadi
Vens, Pokistondagi muzokarada AQSh bilan Eron o‘rtasida kelishuvga erishilmaganini ma'lum qildi.
Vens: Pokistondagi muzokarada AQSh - Eron kelishuvi qayd etilmadi
_
8 соат олдин

AQSh vitse - prezidenti JD Vens Eron bilan o‘tkazilgan muzokaralarda kelishuvga erishilmagani, Islomoboddagi muzokaralar ortidan Vashington yakuniy va eng yaxshi taklifini taqdim etganini ma’lum qildi.

Pokiston poytaxtida taxminan 21 soat davom etgan muzokaralardan so‘ng bayonot bergan Vens, AQSh hali ham Eronga taklifni ko‘rib chiqish uchun vaqt berayotganini ifoda etdi.

U oz sovzida: “Biz bu yerdan juda oddiy taklif bilan chiqmoqdamiz; bu bizning yakuniy va eng yaxshi taklifimiz bo‘lgan kelishuv usulidir. Eronliklar buni qabul qiladimi yoki yo‘qmi — ko‘ramiz”, - degan ifodalarga orin berdi.

Vens Eron delegatsiyasi Vashington shartlarini qabul qilishdan bosh tortganini, muzokaralar hali ham qoniqarli natija bermaganini bildirdi.

Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lmaslik majburiyatiga ishora qilgan Vens: “Hozircha bu masalaga to‘xtalmadik. Umid qilamiz to‘xtalamiz”, - dedi.

Vens asosiy kelishmovchilik Eronning yadroviy dasturi ekani, AQSh esa uzoq muddatli kafolat talab qilayotganini ta’kidladi.

U shuningdek: “Oddiy haqiqat shuki, biz ulardan yadroviy qurol izlamasliklari va qisqa muddatda yadroviy qurolga ega bo‘lish imkonini beruvchi yo‘llarni izlamasliklariga ishonch hosil qilishimiz kerak”, - dedi u.

Eron “ortiqcha” talablarni rad etmoqda

Eron esa muzokaralar faqatgina Vashington “ortiqcha” va “noqonuniy” deb atagan talablaridan voz kechgandagina muvaffaqiyatli natija berishini bildirdi.

Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Ismoil Baqaiy taraqqiyot AQShning “jiddiylik va yaxshi niyat” ko‘rsatishiga hamda Eronning “qonuniy huquqlari va manfaatlarini” tan olishiga bog‘liqligini qayd etdi.

Baqaiy: “Ushbu diplomatik jarayonning muvaffaqiyati qarshi tomonning jiddiyligi va yaxshi niyatiga, ortiqcha va noqonuniy talablardan voz kechishiga hamda Eronning qonuniy huquqlari va manfaatlarini tan olishiga bog‘liq”, - dedi.

U shuningdek, ikki tomon o‘rtasida muzokaralar uzluksiz davom etayotgani, xabarlar va loyiha matnlar almashilayotganini bildirdi.

Muzokaralarda Hormuz bo‘g‘ozi, Eronning yadroviy dasturi, urush tovonlari, sanksiyalarni bekor qilish va Eron hamda mintaqaga qarshi urushni to‘liq yakunlash kabi masalalar muhokama qilinganiga e’tibor qaratdi.

Baqaiy, shuningdek, Eron AQShning “yomon niyati” va berilgan va’dalarni bajarmaslik tarixini unutmaganini ta’kidladi.