Eronning G‘arbiy Ozarbayjon viloyatiga qarashli Salmas shahrida yuz bergan suv toshqini oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, ikki kishi esa bedarak yo‘qoldi.
Yarim rasmiy Tasnim axborot agentligining xabar berishicha G‘arbiy Ozarbayjon Qizil Yarim oy jamiyati rahbari Hamid Mahbubiy, Salmas shahrida suv toshqini sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
TAVSIYA ETILADI
Mahbubiy dastlabki baholashlarga ko‘ra tabiiy ofat eng ko‘p Salmas shahriga qarashli Kaniyon qishlog‘iga ziyon yetkazgan ifoda etib, suv toshqini oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani va yana ikki kishi bedarak yo‘qolgani bildirdi.
Qishloqdagi 17 ta uy ziyon ko‘rgani va 78 kishi tabiiy ofatdan jabr ko‘rganiga e’tibor qaratgan Mahbubiy, hodisa oqibatida yana olti kishi jarohatlanganini o‘z so‘ziga ilova etdi.























