DUNYO
1 daqiqa o'qish
Venesueladagi yer silkinishlarida qurbon bo‘lganlar soni ortdi
Venesuelada, 24 - iyunda yuz bergan ikki boshqa yirik yer silkinishlarida halok bo‘lganlar soni 2 ming 954 kishiga yetdi.
Venesueladagi yer silkinishlarida qurbon bo‘lganlar soni ortdi
_

Venesuela Axborot vazirligi ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasi orqali mamlakatda yuz bergan kuchli yer silkinishlari oqibatlariga oid so‘nggi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Vazirlik bayonotiga ko‘ra tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlar soni 2 ming 954 nafarga yetgan. Shuningdek, 16 ming 592 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan, qariyb 16 ming kishi esa o‘z uy - joyini tark etishga majbur bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, qidiruv - qutqaruv amaliyotlari davomida hozirgacha 6 ming 462 nafar fuqaro vayronalar ostidan tirik qutqarib olingan.

39 soniya farq bilan sodir bo‘lgan ikki kuchli yer silkinishi

AQSh Geologik xizmati (USGS) 24 - iyun kuni Venesuelada 39 soniya oralig‘ida magnitudasi 7,2 va 7,5 bo‘lgan ketma - ket ikkita kuchli yer silkinishi sodir bo‘lganini ma’lum qilgan edi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (UNDP) 26 - iyun kuni e’lon qilgan dastlabki baholashga ko‘ra yer silkinishlari oqibatida yetkazilgan to‘g‘ridan - to‘g‘ri moddiy ziyon 6,7 milliard AQSh dollarini tashkil etgan.

27 - iyun holatiga ko‘ra, yaqinlari tomonidan bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilganlar soni 68 ming nafardan oshgan.

Ayni paytda mamlakat bo‘ylab qidiruv - qutqaruv ishlari davom etmoqda. Mutaxassislar vayronalar ostida qolganlar bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab, qurbonlar va jarohatlanganlar soni yana ortishidan xavotirda ekanini bildirmoqda.