Atrof - muhit, shaharsozlik va iqlim o‘zgarishi vaziri Murat Kurum noyabr oyida Antaliyada o‘tkaziladigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 31 - Tomonlar konferensiyasi (COP31) doirasida iqlim bo‘yicha maqsadlarni o‘lchanadigan va amalga oshiriladigan chora - tadbirlarga aylantirmoqchi ekanliklarini bildirdi.
Murat Kurum BMT Bosh Assambleyasining 81 - sessiyasi haftaligi doirasida hozirda Nyu - Yorkda bo‘lar ekan, unda, noyabr oyida Antaliyada o‘tkaziladigan COP31 konferensiyasining taqdimotini o‘tkazdi.
Kurum iqlim inqirozining dolzarbligi borasida endilikda kuchli umumiy tushuncha shakllangani, umumiy maqsadlar belgilangani va dunyoning ko‘plab hududlarida muammoni hal qilish imkoni bergan yechimlar borligi ammo bu yechimlarni qanday hayotga tatbiq etish asosiy masala ekanini ta’kidladi.
Moliyalashtirish imkoniyatlaridan foydalanish, salohiyat yetishmovchiligi, texnologiya va investitsiyalarni ehtiyojlar bilan uyg‘unlashtirish kabi muammolarga e’tibor qaratgan Kurum, noyabr oyida Antaliyada o‘tkaziladigan COP31 konferensiyasida ushbu savollarga javob izlanishini qayd etdi.
Kurum mavzu haqida: «Bu jarayondagi yondashuvimiz uchta asosiy tamoyilga tayanadi: Muloqot. Kelishuv. Harakat. Muloqot orqali turli ehtiyoj va ustuvor yo‘nalishlarni tinglaymiz. Kelishuv orqali birgalikda harakat qilish imkoniyatlarini belgilaymiz. Harakat orqali esa bu hamkorlikni aniq natijalarga aylantirmoqchimiz» — dedi.
Maqsadlardan amaliyotga o‘tish uchun «amalga oshirish arxitekturasi»ni yaratganliklarini bildirgan Kurum, mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati bilan keng ko‘lamli maslahatlashuv jarayonini olib borib, Harakat kun tartibini shakllantirganliklarini ifoda etdi.
Kurum so‘zlari davomida: «2035 - yilgacha elektr energiyasining yakuniy energiya iste’molidagi ulushini 35 foizga yetkazishni maqsad qilmoqdamiz. COP31 Global elektrifikatsiya tashabbusi orqali elektrifikatsiyani global miqyosda jadallashtiramiz» — degan ifodalarga o‘rin berdi.
Nol chiqindi masalasida ham 2035 - yilgacha maishiy chiqindilar hosil bo‘lishining prognoz qilinayotgan o‘sishini kamida yarmiga kamaytirishni maqsad qilganliklarini bildirgan Kurum, shuningdek, global aylanma materiallardan foydalanish darajasini kamida 15 foizga yetkazishni ko‘zlayotganliklarini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Kurum iqlimga chidamli shaharlardan okean va dengizlardagi amaliy choralargacha, oziq - ovqat xavfsizligidan dinamik va barqaror sog‘liqni saqlash tizimlarigacha bo‘lgan COP31 maqsadlarini misollar bilan tushuntirdi.
Murat Kurum noyabr oyida barchani Antaliyada kutib olishdan mamnun bo‘lishlarini bildirgan holda mavzu haqida: «Biroq Antaliyani yakuniy manzil deb bilmaymiz. Antaliya amaliyotning ko‘zga ko‘rinadigan va o‘lchanadigan tarzda jadallashadigan davrining burilish nuqtasi bo‘lishini istaymiz» — dedi.
Turkiya raisligida 2026 - yilgi COP31 konferensiyasi 9 – 20 - noyabr kunlari Antaliyadagi Expo markazida o‘tkaziladi.























