TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Turkiya bilan Suriya mudofaa sohasidagi hamkorlikni qoʻlga oldi
Turkiya bilan Suriya rasmiylari kecha (11.10.2025) poytaxt Damashqda uchrashib, mudofaa sohasidagi hamkorlikni qoʻlga oldilar.
Turkiya bilan Suriya mudofaa sohasidagi hamkorlikni qoʻlga oldi
TURKIYA TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI
12 октябр 2025

Suriya Mudofaa vaziri Murhaf Abu Qasra kecha (11.10.2025) poytaxt Damashqda Turkiya Mudofaa sanoati rahbari Haluk Goʻrgun va hamrohligidagi hay’at bilan uchrashdi.

Suriya Mudofaa vazirligi o‘zining Telegram kanali orqali mavzu haqida bergan bayonotida ikki tomon bir qator masalani, shu jumladan, mudofaa sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘llarini qoʻlga olganliklarini bildirdi.

Uchrashuv Turkiya Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan e’lon qilinganidek, bugun, ya’ni 12 - oktabr kuni Anqarada boʻlib oʻtadigan oliy darajali uchrashuv oldidan tashkil etildi.

Nomi tilga olingan uchrashuv kun tartibida asosan xavfsizlik sohasidagi hamkorlik va mintaqadagi oxirgi vaziyatlar boʻlishi kutilmoqda.

Mazkur uchrashuvda Turkiya nomidan Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, Mudofaa vaziri Yashar Guler va Milliy Razvedka tashkiloti rahbari Ibrahim Kalin ishtirok etadi.

Bundan avval, 8 - oktabr kuni Hakan Fidan suriyalik hamkasbi Asad Hassan al - Shayboniy bilan Anqarada uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida Suriyadagi oxirgi vaziyatlar, oʻzaro munosabatlar va mintaqadagi yangiliklar ustidan keng koʻlamli va ochiq muloqot oʻtkazganliklarini ifoda etgandi.

Turkiya Tashqi Ishlar vaziri, shuningdek, Suriya hukumati terrorizmga qarshi kurash masalasida irodali ekanini bildirgan holda mavjud vaziyatni: «Asad rejimi davrida hal qilinmagan xavfsizlik muammolarini bartaraf etish uchun katta imkon», - sifatida baholadi.

 

Boxabar bo'ling!
Istanbulda «Gʻazoning kelajagi» xalqaro sammiti boʻlib oʻtadi
Turk hay’ati vaqti – vaqti bilan toʻxtab qolgan muzokaralar uchun Afgʻonistonga boradi
Hakan Fidan ertaga AQShga tashrif uyushtiradi
Erdoʻgʻan: AQSh F - 35 masalasi ustidan oʻz majburiyatlarini bajaradi degan umiddaman
Turkiya kiber josuslik reydlarida ikki gumonlanuvchini qo‘lga oldi
Prezident Erdo‘g‘an Ozarbayjonning Qorabog‘dagi g‘alabasi Kavkazda tinchlik uchun muhim rol o‘ynaydi
Turkiya G‘azodagi genotsid sababli Netanyahu va 36 shaxsga nisbatan hibs buyrug‘i chiqardi
Prezident Erdo‘g‘an va Liviya Bosh vaziri Dibeyba ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildilar
TRT World Digital 2025-yilgi Lovie mukofotlarida katta yutuqqa erishdi
THY Ispaniyaning Air Europa aviakompaniyasining 355 million dollarlik ulushini sotib oldi
Turkiya G‘azodagi otashkesimning davom etishi tarafdori
Ibrahim Kalin Istanbulda Hamas hay’atini qabul qildi
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Finlandiyaga tashrif buyurdi
Turkiyaning mudofaa eksporti 31 foizga o'sib, 6,7 milliard dollarni tashkil qildi
Turkiya noyabrda Suriya bilan tranzit savdoni yo‘lga qo‘yadi
Turkiya Yevropa bilan mudofaa loyihalari bo'yicha  hamkorlikni kuchaytiradi
Turkiya BMT Xavfsizlik Kengashining G'azoga qo'shin yuborish qaroriga muvofiq harakat qiladi
Erdo‘g‘an musulmon davlatlarni Sudandagi qirg'inni to'xtatishga chaqirdi
Tomas Greminger: Turkiya va boshqa o‘rta davlatlar adolatliroq global tartibga yordam berishi mumkin
Fidan: «PKKning mintaqadagi faoliyatini to‘xtatishi, barqarorlik uchun muhimdir» - dedi.