SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Xitoy G‘azodagi otashkesimga to‘liq amal qilinishini talab qilmoqda
Lin Jian, joriy yilning 10 - oktabrida kuchga kirgan otashkesim yoki o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzgan yangi Isroil hujumlari haqidagi savollarga javob berdi.
Xitoy G‘azodagi otashkesimga to‘liq amal qilinishini talab qilmoqda
_
4 декабр 2025

Xitoy Gazodagi otashkesim yoki ot ochishni toxtatish kelishuviga to‘liq amal qilinishini talab qilib, qamal ostidagi hududda Isroilning davom etayotgan hujumlari yuzasidan vaziyat “juda beqaror” bo‘lib qolayotganiga e’tibor qaratdi.

Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Lin Jian payshanba kuni (04.12.2025) Pekinda uyushtirilgan matbuot anjumanida, joriy yilning 10 - oktabrida kuchga kirgan ot ochishni toxtatish kelishuvini buzgan yangi Isroil hujumlar haqidagi savollarga javob berar ekan mavzu haqida shunday dedi:

Hujumlar chorshanba kuni (03.12.2025) Rafohda, falastinlik qarshilik harakati Hamas a’zolari bilan kelib chiqqan to‘qnashuvlarda tan jarohati olgan isroillik askarlarning o‘chi olinishi haqidagi Binyamin Netanyaxuning gaplari ortidan qayd etildi.

Global Times davlat nashriga kora Lin, Pekinning ot ochishni toxtatish shartlariga toliq rioya qilinishi, gumanitar azob - uqubatlarning sezilarli darajada kamaytirilishi, mintaqada tinchlik va barqarorlikning tez fursatda tiklanishidan umidvor ekanini ta’kidladi.

Ot ochishni toxtatish kelishuvining birinchi bosqichi isroillik mahbuslarning falastinlik mahbuslarga almashishini, Gazoni qayta tiklash rejalari va Hamas ishtirokisiz yangi boshqaruv tuzilmasini yaratishni oz ichiga oladi.

Eslatib o‘tamiz:

Isroil 2023 - yilning oktabr oyidan beri G‘azoda uyushtirgan hujumlari oqibatida ko‘pchiligi ayollar va yosh bolalardan iborat falastinlik 70 ming nafardan ortiq insonning umriga, taxminan 171 ming nafar insonning esasog‘ligiga zomin bo‘ldi.