DUNYO
1 daqiqa o'qish
Eron Isroil foydasiga josuslik qilganlikda ayblangan bir kishini o‘lim jaziga tortdi
Eron rasmiylari josuslik faoliyatini jilovlash maqsadida Mossad bilan hamkorlik qilishda ayblangan shaxslarni qo‘lga olish va ularni qatl qilish holatlarining keskin ortishini o‘z ichiga olgan ichki xavfsizlik choralarini kuchaytirdi.
Eron Isroil foydasiga josuslik qilganlikda ayblangan bir kishini o‘lim jaziga tortdi
_

Eron sud hokimiyatining media organi Mizan tomonidan chorshanba kuni (07.01.2026) xabar berilishicha, Eron Isroil foydasiga josuslik qilganlikda aybdor deb topilgan bir kishini qatl qildi. Sudlanuvchining ismi Ali Ardestoniy ekani qayd etildi.

O‘n yillardan buyon Isroil bilan yashirin ravishda urush holatida bo‘lib kelayotgan Eron, Isroil razvedka xizmati bilan aloqadorlikda va mamlakat ichida amaliyotlarni amalga oshirishga ko‘maklashganlikda ayblagan bir qator shaxslarni qatl qildi.

Mizanning bayonotida aytilishicha, Ali Ardestoniy Eronga oid yashirin ma’lumotlarni Mossad razvedka xizmati foydasiga yetkazish orqali josuslik qilgani uchun olgan o‘lim jazosi Oliy sud tasdiqi va barcha qonuniy tartib - taomillar yakunlangach ijro etilgan.

Uzoq yillardan beri dushman bo‘lib kelayotgan ikki davlat o‘rtasidagi keskinlik kuchaygani sari, Isroil foydasiga josuslik qilganlikda ayblangan eronliklarning qatl qilinishi holatlari ko‘paygani kuzatilmoqda.

Uzoq yillardan beri davom etgan yashirin hujumlar, kiberamaliyotlar va vakolatli kuchlar orqali olib borilgan to‘qnashuvlardan so‘ng, o‘tgan yilning iyun oyida AQSh ko‘magida Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berishi ortidan ikki tomon o‘rtasidagi qarama - qarshilik to‘g‘ridan - to‘g‘ri to‘qnashuvga aylanib ketdi.

Shundan buyon Eron rasmiylari josuslik faoliyatini jilovlash, mintaqadagi keskinlik paytda milliy xavfsizlikni mustahkamlash maqsadida, Mossad bilan hamkorlik qilishda ayblangan shaxslarni qo‘lga olish va ularni qatl qilish holatlarining keskin ortishini o‘z ichiga olgan ichki xavfsizlik choralarini kuchaytirdi.

 

 

 

 

Boxabar bo'ling!
Pokistonning Xaybar Paxtunxva viloyatida terakt sodir bo'ldi
Kongo Demokratik Respublikasida Eboladan vafot etganlar soni 3 ming 577 nafarga yetdi
Pokistonda masjid yaqinidagi portlashda 15 kishi halok bo‘ldi
Eron Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tishga uringan Togo bayrog‘idagi neft tankerini urganini ma’lum qildi
Tramp Polshada AQSH bazasini tashkil etish bo‘yicha muhim yutuqlarga erishilganini ma’lum qildi
Slovakiya Bosh vaziri Fitso Yevropa miqyosidagi harbiy mojaro haqida ogohlantirdi
G'azoda Isroil vayron qilgan mahalladan 12 kishining jasadi topildi
Pentagon Yevropadagi AQSh qo'shinlari sonini 40 ming kishiga qisqartirmoqchi
Rossiyaga oid IHT Ukrainaga ketayotgan kemaga hujum qildi
OpenAI sun'iy intellekt modellarining xavfsizlik choralarini buzgan qanday holatlarni e'lon qildi?
Rossiya va Ukraina o'zaro hujumlar orqali muhim ob'yektlarga zarba berdi
Aroqchi Xitoy tashrifidan so‘ng: Bugun qabul qilingan qarorlar strategik muvozanatni belgilaydi
Janubiy Koreya va Fransiya uch yillik tanaffusdan so‘ng ilk qo‘shma havo mashg‘ulotini o‘tkazdi
Kanada Buyuk Britaniya boshchiligidagi Qo‘shma ekspeditsiya kuchlariga qo‘shilish uchun ariza berdi
Isroil va Marokash iqtisodiy hamkorlik hamda diplomatik aloqalarni kengaytirishga qaror qildi
Yevropa Ittifoqi bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini cheklamoqchi
Rossiya shimolidagi Xatanga qo‘ltig‘iga 200 tonna dizel yoqilg‘isi to‘kildi
Saudiya Arabistoni Makka yaqinida Husiylar dronini urib tushirdi
Los-Anjelesda vertolyot halokati uch kishining hayotiga zomin bo'ldi
Kim Putinga Rossiyani «qat’iy qo‘llab-quvvatlashga» va’da berdi