Yamanda so‘nggi kunlarda yuz bergan voqealar bilan birga mamlakatdagi keskinlik jadal ravishda avj olar ekan, mintaqa va dunyo yetakchilar mavzu haqida ketma - ket bayonotlar bera boshladi.
Shu doirada Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligi shanba kuni (03.01.2026) bergan bayonotida, Yaman Respublikasining janubiy viloyatlarida sodir bo‘layotgan va mamlakat mustaqilligi bilan hududiy yaxlitligi; hamda qo‘shni davlatlar xavfsizligiga tahdid solayotgan jarayonlardan katta xavotirda ekanini bildirdi. Bayonotda Yaman prezidentlik rahbariyati kengashining barqarorlikni tiklash borasidagi sa’y - harakatlarini qoʻllab - quvvatlashini bildirgan holda ar - Riyodda keng koʻlamli konferensiya oʻtkazish haqidagi chaqirigʻini xursandchilik bilan qarshi olindi. Anqara konstitutsiyaviy qonuniylikka asoslangan muloqot va keng koʻlamli siyosiy jarayonlar orqali uzoq muddatli yechim va mamlakat boʻylab yarashishni koʻzlagan tashabbuslarni qoʻllab - quvvatlashini yana bir bor ta’kidladi.
Misr ham Yamandagi keskinlikni pasaytirishga qaratilgan sa’y - harakatlarni qo‘llab -quvvatlashini bildirdi. Qohira hukumati barcha tegishli tomonlar bilan olib borilayotgan aloqalar orqali inqirozga keng koʻlamli va barqaror siyosiy yechim topish boʻyicha tashabbuslarini davom ettirishini ma’lum qildi. Bayonotda yechim Yaman jamiyatining barcha qatlamlarini oʻz ichiga olgan milliy muloqot, murosaga kelish, milliy tamoyillarga hurmat va mintaqaviy barqarorlik asosida shakllanishi lozimligi ta’kidlandi.
Ayni paytda Yaman, Janubiy O‘tish Kengashi (STC) kuchlarining dekabr oyi boshida Hadramut va al - Mahra viloyatlarida nazoratni qoʻlga kiritishi ortidan seshanba kunidan beri misli koʻrilmagan keskinlik maydoniga aylangan. Yaman hududining qariyb yarmiga teng bo‘lgan va Saudiya Arabistoni bilan chegaradosh bu ikki viloyatda yuz berayotgan voqealar mintaqaviy muvozanatlarga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.
Juma kuni STC raisi Aidrus az - Zubaydiy, Yaman shimolidagi tomonlar bilan muloqot olib borishni va janubning kelajagi bo‘yicha “referendum” o‘tkazilishini nazarda tutuvchi ikki yillik “o‘tish davri”ni e’lon qildi.
Mazkur qadam Saudiya Arabistoni bilan Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi keskinlik soyasida amalga oshirildi. Ar - Riyod Abu Dabini Hadramut va al - Mahrada, Saudiya Arabistonining janubiy chegarasi bo‘ylab STC kuchlarini harbiy amaliyotlarga yo‘naltirishda aybladi. Birlashgan Arab Amirliklari esa bu iddaolarni rad etdi.













