Filippinlarda aholi zich yashaydigan hududda yuz bergan yirik yong‘in o‘nlab uyni vayron qilar ekan, 300 nafardan ortiq insonni boshpanasiz qoldirdi.
Mahalliy OAV chorshanba kuni xabar berishicha Filippinlarda aholi zich yashaydigan hududda yuz bergan yirik yong‘in o‘nlab uyni vayron qilar ekan, 300 nafardan ortiq insonni boshpanasiz qoldirdi.
Filippinlar Daily Inquirer gazetasi shahar Ijtimoiy xizmatlar va rivojlanish bo‘limi rahbari Richelle Verdeprado - Mangga ma’lumotlariga tayanib xabar qilishicha, seshanba kuni kechqurun Bakolod shahrining Barangay hududida chiqqan yong‘in Purok Ramon Magsaysay Davis aholisi yashaydigan joyga ziyon yetkazgan.
Kamida 103 ta oila, jami 307 kishi uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.
Dastlabki baholashlarga ko‘ra 27 ta uy to‘liq vayron bo‘lgan, 10 ta uy esa ziyon ko‘rgan. Biroq rasmiylar qutqaruv ishlari davom etar ekan, bu raqam yana ortishi mumkinligidan xavotirda.
Tabiiy ofatdan ziyon ko‘rgan oilalarga yordam ko‘rsatish uchun favqulodda xizmatlar jalb etilgan va ularning aksariyati vaqtincha evakuatsiya markazlariga joylashtirilgan.











