G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
G‘arbiy Sohilda falastinlik yana ikki kishi o‘ldirildi
Ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda noqonuniy isroillik ko‘chmanchilar tomonidan o‘q uzilishi oqibatida falastinlik yana ikki kishi o‘ldirildi.
G‘arbiy Sohilda falastinlik yana ikki kishi o‘ldirildi
_
21 соат олдин

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi yakshanba kuni (08.03.2026) bergan bayonotida, ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda noqonuniy isroillik ko‘chmanchilar tomonidan o‘q uzilishi oqibatida falastinlik ikki kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bu so‘nggi ikki kun ichida qayd etilgan va o‘limga olib kelgan ikkinchi hujum ekani aniqlandi.

Vazirlik bayonotida aytilishicha, 24 yoshli Thaer Faruq Hamayel va 57 yoshli Farea Javdat Hamayel Ramallohning shimoli - sharqidagi Abu Falah qishlog‘ida noqonuniy ko‘chmanchilar tomonidan uzilgan o‘q natijasida hayotdan ko‘z yumgan.

Bayonotda hodisa qachon sodir bo‘lgani haqida hech qanday ma’lumot berilmadi va boshqa tafsilotlar ham keltirilmadi.

Isroil armiyasi esa izoh berish haqidagi talablarga javob bermadi.

Isroil tomonidan 1967 - yildan beri bosib olingan G‘arbiy Sohil hududidagi zo‘ravonliklar 2023 - yilning oktabr oyida boshlagan urush ortidan keskin kuchaydi. O‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay zo‘ravonlik hodisalari davom etdi.

Shanba kuni (07.03.2026) markazi Ramallohda joylashgan Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi va mahalliy merlardan biri noqonuniy isroillik ko‘chmanchilar tomonidan ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohildagi Vodiy al ‑ Rahim qishlog‘iga qarshi uyushtirilgan hujumda falastinlik bir erkak kishi halok bo‘lgani, uning ukasi esa yaralanganini ma’lum qildi.

Tuvoniy qishloq kengashi rahbari Mohammad Rabai, AFPga bergan bayonotida, noqonuniy ko‘chmanchilar hududdagi uylarni bosib kirgani va 27 yoshli Amir Mohammad Shnaranning oilasiga hujum qilgani hamda Shnaran esa keyinchalik vafot etganini bildirdi.

Isroil armiyasi esa, isroillik va falastinliklar o‘rtasida yuz bergan og‘ir to‘qnashuv haqidagi xabar ortidan askarlar va politsiya kuchlari hududga yuborilganini bildirdi.

Armiya bayonotida hodisa yuzasidan tergov boshlanganini ham ma’lum qilindi.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra Isroil kuchlari bilan noqonuniy ko‘chmanchilar ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda falastinlik 1 ming 42 kishini o‘ldirdi.