TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Turkiya Isroil vazirining Erdo'g'an haqidagi so'zlarini tanqid qildi
Turkiya Isroil vazirining prezident Erdo'g'anning unvoni bo'yicha aytgan haqoratli so'zlarini keskin qoraladi. Rasmiy Anqara "Tarix jim bo'lsa ham, haqiqat aslo jim turolmaydi", deya munosabat bildirdi.
Turkiya Isroil vazirining Erdo'g'an haqidagi so'zlarini tanqid qildi
erdogan

Anqara Isroil vazirining Erdo‘g‘anga qarshi bayonotini keskin qoraladi: "Haqiqat hech qachon jim turmaydi"

Turkiya hukumati Isroil mudofaa vaziri Israel Katzning Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anga qarshi haqoratli bayonotlarini qoraladi. Rasmiy Anqara bu kabi asossiz hujumlar Isroilning G‘azodagi jinoyatlarini yashira olmasligini qат’iy ta’kidladi.

"Genotsiddan e'tiborni chalg'itib bo'lmaydi"

Turkiyaning aloqa boshqarmasi rahbari Burhanettin Duran bayonot berib, Israel Katz ishlatgan so‘zlarni “qadr-qimmatga zid va mutlaqo nomaqbul” deb atadi. uning qayd etishicha, bu kabi absurd bayonotlar Isroilning insoniyat oldidagi genotsid ayblovlaridan e'tiborni chalg'itishga qodir emas.

Shuningdek, Katzning turk televideniyesiga qiziqishi haqidagi xabarlarga to‘xtalib o‘tar ekan, Duran tarix shunchaki teleko‘rsatuvlardan o‘rganilmasligi, balki xalqlarning umumiy xotirasi hamda insoniyat vijdonida abadiy saqlanishini eslatib o‘tdi.

“Bugun tarix ko‘zimiz o‘ngida yozilmoqda,” — deyiladi rasmiy bayonotda. Shuningdek, Prezident Erdo‘g‘ak boshchiligida Turkiya adolat, tinchlik va jabrlanganlarning huquqlarini himoya qilishni davom ettirishi qat'iy ta'kidlandi.

"Agar biz jim tursak, haqiqat jim qolmaydi"

Bayonot yakunida turk shoirining mashhur satrlari esga olindi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an BMT Bosh Assambleyasidagi nutqini marhum shoir Sezai Karakochning mana shu misralari bilan yakunlagan edi:

“Agar biz jim tursak, tarix jim qolmaydi. Agar tarix jim tursa, haqiqat jim qolmaydi.”

Anqara xalqaro hamjamiyat va xalqaro huquq doirasida G‘azodagi harakatlar qattiq tekshiruv va ayblovlarga duchor bo‘lishi shartligini yana bir bor talab qildi.

G‘azodagi fojiali vaziyat

Ma’lumki, Isroil G‘azoda davom ettirayotgan harbiy harakatlari natijasida 2023-yil oktyabridan buyon 73 928 dan ortiq falastinlikni hayotdan mahrum qildi.

Insoniy qurbonlardan tashqari, Isroil G‘azoning butun fuqarolik infratuzilmasini yer bilan yakson qildi. Shu bilan birga, bosib olingan G‘arbiy Sohilda ham falastinliklarga nisbatan o‘ldiruvchi zo‘ravonliklar va tazyiqlar tinmay davom etmoqda.