Vazirlik tomonidan e’lon qilingan yozma bayonotda, Turk bo‘g‘ozlarining maqomini tartibga soluvchi va Turkiyaning bo‘g‘ozlar ustidan suverenitetini tasdiqlovchi Montre bo‘g‘ozlar to‘g‘risidagi konvensiyasi Qora dengizda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikning asosiy kafolatlaridan biri ekani ta’kidlandi.
Bayonotda konvensiya tinchlik davrida ham, urush paytida ham o‘z kuchini uzluksiz saqlab kelayotgani qayd etilib, quyidagi fikrlarga o‘rin berildi:
TAVSIYA ETILADI
“Turkiya shu paytgacha bo‘lgani kabi bundan keyin ham Montre bo‘g‘ozlar to‘g‘risidagi konvensiyasini xuddi shunday qat’iyat bilan amalga oshirishda davom etadi.”




















