TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Prezident Erdoʻgʻan poytaxtdagi Anitqabrni ziyorat qildi
Prezident Erdoʻgʻan Turkiya Respublikasining e’lon qilinishining 102 – yilligi munosabati bilan poytaxtdagi Anitqabrni ziyorat qildi.
Prezident Erdoʻgʻan poytaxtdagi Anitqabrni ziyorat qildi
_
29 октябр 2025

Turkiya, 2025 - yilning 29 – oktabri kuni Respublika eʼlon qilinishining 102 - yilligini nishonlamoqda. Zamonaviy Turkiyaning asoschisi Mustafa Kemal Ataturkning Respublikani eʼlon qilgan kuni, mamlakatda tantanali ravishda nishonlanmoqda.

Mamlakatning toʻrt burchagidagi shaharlar fuqarolarga gʻurur va quvonch baxsh etuvchi vatanparvarlik namoyishlari, paradlar va koʻrgazmalar bilan bayramlarga mezbonlik qilmoqda.

Turkiyaning bir asrlik safari ilm, texnologiya va milliy birlik sohalarida ajoyib yutuqlar bilan nishonlanmoqda. Ushbu bayramlar shonli oʻtmishni sharaflash bilan birga, yorqin kelajakka boʻlgan umidni ham ramziylashtirmoqda.

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan oliy darajali davlat arboblari hamrohligida 29 - oktabr Respublika kunini nishonlash uchun Anitqabrni ziyorat qildi. Erdoʻgʻan va uning hamrohligidagi hay’at Ataturk maqbarasiga yarim oy va yulduzli gulchambar qoʻydilar. Ortidan bir daqiqa sukut saqlanar ekan, keyin esa Turkiya davlat madhiyasin yangradi.

Turk Harbiy - havo kuchlarining SOLOTÜRK akrobatika jamoasi 29 - oktabr kuni Respublika kunini nishonlash doirasida Denizli viloyatining Pamukkale tumanidagi UNESCOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan maydon ustida ajoyib parvoz namoyish qildi.

Turkiya politsiya boshqarmasiga qarashli gʻavvoslar, 2004 – yili Aliagʻada chiqindilarni olib tashlash uchun ketayotib Cheshme yaqinida choʻkib ketgan Monem kemasining suv ostidagi boʻlakchalariga Turk bayrogʻi ilib, Respublikaning 102 - yilligini nishonladilar.

Turkiyaning Sharqiy Anadoʻlu mintaqasida joylashgan Igʻdir shahrida, Inoʻnu boshlangʻich maktabi oʻquvchilari «102 - yil» xoreografiyasini yaratish orqali Respublika bayramini nishonladilar.