Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining yozma bayonotida: “Ushbu hujumda halok bo‘lganlarga Allohdan rahmat tilaymiz, ularning yaqinlari hamda Pokiston xalqiga hamdardlik bildiramiz”, deyiladi.
Bayonotda Hayber Paxtunxva viloyatidagi politsiya bo‘limiga qilingan terror hujumi qat’iy qoralanayotgani ta’kidlanib, Turkiyaning terrorizmning barcha ko‘rinishlari va tahdidlariga qarshi kurashda Pokiston bilan birdamlikni davom ettirishi qayd etildi.
TAVSIYA ETILADI
Shanba kuni Pokistonning Hayber Paxtunxva viloyatida politsiya nazorat punktiga uyushtirilgan xudkushlik hujumida 15 nafar politsiyachi halok bo‘lgani bildirilgan edi.














