TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Isroil - AQSh va Eron o‘rtasidagi urushni to‘xtatish yo‘llari muzokara qilindi
Turkiya bilan Pokiston Isroil - AQSh va Eron o‘rtasidagi urushni to‘xtatish yo‘llarini muhokama qildi.
Isroil - AQSh va Eron o‘rtasidagi urushni to‘xtatish yo‘llari muzokara qilindi
_
15 соат олдин

Turkiya Tashqi Ishlar vazirligi manbalari Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan va pokistonlik hamkasbi Muhammad Ishoq Dar Eron urushi haqida muzokara olib borganini ma’lum qildi.

Fidan va Dar seshanba kuni (07.04.2026) telefon orqali bo‘lib o‘tgan suhbatida AQSh va Isroilning Eronga qarshi uyushtirgan hujumlari bilan boshlangan urushni yakunlashga qaratilgan diplomatik sa’y - harakatlar yuzasidan fikr almashdilar.

Pokiston avvalroq Yaqin Sharqda keskinlashib borayotgan urushni tugatish uchun diplomatik sa’y - harakatlarga vaqt va imkoniyat berilishi kerakligini ta’kidlagan edi.

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif: «Yaqin Sharqda davom etayotgan urushning tinch yo‘l bilan hal etilishi uchun diplomatik sa’y - harakatlar izchil davom etmoqda» - degan edi.

Oq uy esa Pokistonning so‘nggi taklifi AQSh Prezidenti Donald Trampga yetkazilganini ma’lum qildi. Matbuot kotibi Karolin Livitt: «Prezident taklifdan xabardor qilindi va javob beriladi» - dedi.

Tramp ma’muriyati e’lon qilgan so‘nggi muddat yaqinlashmoqda

Bu holat Tramp tomonidan Eron uchun belgilangan va Sharqiy vaqt bilan soat 20:00 (chorshanba 00:00 GMT) gacha bo‘lgan yakuniy muddat tugashiga bir necha soat qolganida qayd etildi.

Isroil va AQSh 28-fevral kuni Eronga qarshi hujumlarni boshlaganidan so‘ng, bir necha haftadan buyon butun mintaqada yuqori ogohlik holati davom etmoqda.

Tehron esa AQSh - Isroil hujumlariga javob tariqasida Isroil, Iordaniya, Iroq va AQSh harbiy infratuzilmasi joylashgan Fors ko‘rfazi davlatlarini nishonga olgan raketa hujumlari uyushtirdi. Ushbu hujumlar insonlarning o‘limiga va infratuzilmalarning ziyon ko‘rishiga yo‘l ochar ekan; global bozorlar va aviatsiya sohasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi.